«Rostex» «hamma tomonni ko‘ra oladigan» dron yaratdi

  •   Saroy
  •  686
  •  14.08.2018 15:35

«Rostex» «hamma tomonni ko‘ra oladigan» dron yaratdi

«Shvabe» («Rostex» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiradi) xoldinggi Orion-Drone, deb nomlanuvchi uchuvchisiz boshqariladigan  qurilma yaratdilar. Yangi apparat optik jihozlarning butun boshli to‘plami bilan ta’minlangan. Ular apparatga ko‘ringan narsalarning ultrafiolet va qisqato‘lqinli diapazonida infraqizil spektrli monitoring olib borish imkonini beradi, deyiladi kompaniya tarqatgan xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, qurilma ultrafioletli kamera (ULTRA-kamera) va qisqato‘lqinli infraqizil diapazon spektri  (SWIR-kamera) kamerasi bilan jihozlangan. Kameralar boshqaruv pultidan ishga tushiriladi. Yana shu narsa ta’kidlanadiki,  SWIR-kamera tufayli dron ko‘rinish darajasi hatto nol bo‘lgan sharoitda ham kuzatuv olib borishi mumkin.

Kichik hajmdagi oson boshqariluvchi drondan yo‘l qoplamalari holatini aniqlash, elektr qurilmalarini nazorat qilish, gaz sizib chiqishini aniqlash hamda fovqulodda vaziyatlarda, texnik halokatlar, tabiiy ofatlar ro‘y bergan vaqtida foydalanish mumkin,  deydi ixtiro mualliflari.  

Dron real vaqtda 10 kilometrgacha bo‘lgan masofada signal bera oladi. Uning parvoz tezligi soatiga 100 kilometrni tashkil etadi. Bir marta quvvat oldirilsa qurilma bir soatcha ishlab beradi, bu esa boshqaruv punktidan ancha uzoqda ham monitoring qilish imkonini beradi.

Yana bir ahamiyatli tomoni, Orion-Drone parvozni boshlash uchun maxsus tayyorlangan joyni talab qilmaydi, mabodo operator bergan signalni yo‘qotib qo‘ysa, o‘zi avtomatik tarzda uchirilgan joyga qaytib keladi.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.