Rostovlik olimlar kalamush yordamida terrorchilikning oldini olmoqchi

Rostovlik olimlar kalamush yordamida terrorchilikning oldini olmoqchi

Kalamushning hid bilish qobiliyati insonga nisbatan bir necha barobar kuchliligi ko‘pchilikka ma’lum. Rostovlik olimlar kemiruvchining aynan shu xususiyatiga tayanib, terrorchilikka qarshi maxsus loyiha ustida ishlamoqda. Kalamushning boshiga maxsus mikrochip joylanadi. Jonivor portlovchi yoki giyohvand modda isini olganida uning vujudidagi o‘zgarishni datchik monitorga uzatadi.

Eslatib o‘tamiz, kemiruvchilar yordamida qonunbuzarlikka qarshi kurashish uslubi yangi emas. Masalan, Isroilda og‘maxon aeroportdagi yuklarni tekshiruvdan o‘tkazadi. Tailand, Mozambik, Angola va Kambodjada esa kemiruvchilar mina qidiruvchilikka o‘rgatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!