Rus dasturchisi qo‘lyozma konspektlar tayyorlaydigan onlayn generator ustida ishlamoqda

Rus dasturchisi qo‘lyozma konspektlar tayyorlaydigan onlayn generator ustida ishlamoqda

TJournal nashrining xabar berishicha, Rossiyaning Krivoy-Rog shahrida yashaydigan Valeriy Levchenko ismli dasturchi elektron matnlarni qo‘lyozma konspektlarga o‘giradigan “Pisets” nomli servis ustida ish olib bormoqda.

Dasturchining aytishicha, servis ayni paytda beta-sinov bosqichidan o‘tmoqda. Tez orada undan hamma foydalanishi mumkin bo‘ladi.

7c191cfed74f70

Servis rus va ingliz tillaridagi matnlar, tinish belgilari, son va formulalarni aniqlay oladi. Boshqa analoglardana farqli ravishda “Pisets” yozuvlarni ba’zi xatolar bilan  o‘giradi, natijada yozuv yanada tabiiy ko‘rinadi. Kelajakda servisga turli shrift turlarini qo‘llash ko‘zda tutilgan.

f39ddeb7ddcfa2

Levchenkoning ta’kidlashicha, mazkur dastur “makulaturani” sevadigan va talabalardan tinmay konstpekt yozishni talab qiladigan o‘qituvchilarga “qarshi kurashishda” juda asqotadi.

Qo‘lyozma shakliga o‘girilgan matnlarni daftarga yoki istalgan A4 formatda chop etish mumkin bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.