Rus muhandislari quyoshdan energiya yig‘uvchi cherepitsaga patent oldi

Rus muhandislari quyoshdan energiya yig‘uvchi cherepitsaga patent oldi

Rossiyaning «Innovatiks» kompaniyasi quyosh panelli cherepitsa ixtirosini patentladi, deb xabar beradi www.ntv.ru sayti. Har bir cherepitsa paneli quyoshdan 8, 16, 29 vatt miqdorida quvvat yig‘adi.

Muhandislarning ta’kidlashlaricha, mazkur panellar texnologiyasi xorijnikidan 3-4 barobar arzonroq.

Barchada qish mavsumida, qor ko‘p yog‘adigan Rossiyada quyoshdan energiya yig‘uvchi panel cherepitsa qanday ishlaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Mutasaddilar bunday interaktiv tomlarga qordan tozalovchi maxsus tizim o‘rnatilishini ham qo‘shimcha qildi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!