S10'lar uchun Android 10'ning beta relizi haqida batafsil ma’lumot berildi, lekin proshivkaning kelishi kechikmoqda

S10'lar uchun Android 10'ning beta relizi haqida batafsil ma’lumot berildi, lekin proshivkaning kelishi kechikmoqda

Bir necha kun oldin tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Samsung Android 10 asosidagi One UI 2.0'ning beta talqinini Galaxy S10 lineykasi flagmanlariga kecha taqdim qilishi kerak edi. 

Ilk proshivka janubiy koreyalik foydalanuvchilarga jo‘natiladi. Biroq Samsung jamiyati rasmiy forumida kompaniya vakili yozgan postga ko‘ra, reliz taqdimoti oktyabr o‘rtasigacha kechiktirildi. Bu global reliz ham kechikadi, degani.

Kompaniya vakili, shuningdek, beta talqin sinovlarida ishtirok etish mezonlariga ham batafsil to‘xtalgan. Aytilishicha, sinovlarda 10 000 nafar foydalanuvchi ishtirok etib, ularning 5 000 nafari SK Telecom, 2 000 nafari KT Telecom, yana 2 000 nafari LG Uplus foydalanuvchilari bo‘lsa, qolgan 1 000 o‘rin qulflanmagan versiyadagi S10 foydalanuvchilariga beriladi. 

One UI 2.0'ni sinovdan o‘tkazishning ikkinchi bosqichi 21-oktyabrdan 14-noyabrgacha bo‘lgan davr ichida boshlanadi. Ushbu bosqichda qaysi smartfonlar foydalanuvchilari ishtirok etishi haqida rasman tasdiqlangan ma’lumot bo‘lmasa-da, mish-mishlarga ko‘ra, Note10 lineykasi foydalanuvchilari bu borada chetda qolmaydi. Oldingi yillarga nazar tashlasak ko‘rishimiz mumkinki, beta sinovlarida ishtirok etish uchun foydalanuvchilar Samsung Members ilovasi orqali beta proshivka uchun ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

O‘QING: One UI 2.0 haqida ilk ma’lumotlar oshkor qilindi