S9 "kushandasi" -- Vivo NEX Rossiyada sotila boshlaydi

S9

Bir muddat avval, ya’ni iyun oyining o‘rtasida Xitoy Respublikasida uzoq kutilgan Vivo NEX telefoni taqdim qilingan edi. Mazkur apparat yuqori texnik imkoniyatlari, romdan deyarli xoli bo‘lgan ekrani, harakatlanadigan old kamerasi, ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri hamda boshqa qator jihatlari bilan o‘ziga xos va bozorda yetakchilardan bo‘lgan Samsung Galaxy S9 flagmanini ham ortda qoldiradi.

Taniqli AndroidAuthority resursining ma’lum qilishicha, tez orada Vivo NEX birinchilardan bo‘lib Rossiya hududida sotuvga chiqariladi. Bungacha sanoqli haftalar qolmoqda. Rosiyaliklar ilyulning oxirlaridan boshlab ushbu smartfonni xarid qilish imkoniga ega bo‘ladilar. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ham ushbu telefon modeli tinimsiz reklama qilinmoqda.

Vivo NEX smartfoni 6,59 dyuymli, Super AMOLED matritsali ekran bilan ta’minlangan. Uning piksellar sig‘imi 2316 ga 1080 ta belgini tashkil qiladi (FHD+).

Devaysga 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, uning chastota intervali 2,8 GGs. Grafik-tasvirlarni qayta ishlashga Adreno 630 video kartasi mas’ul. Shuningdek, gadjetga X20 LTE modemi o‘rnatilgan bo‘lib, uning ma’lumotlar uzatish tezkorligi sekundiga 1,2 Gbit.ga yetadi. 8 GB tezkor xotira esa keragidan ortiq.

Vivo NEX akkumulyator batareyasining sig‘imi 4000 mA soat va uni tezkor quvvatlash ham mumkin. Bosh kamera qo‘sh: 12 Mp hamda 5 Mp aniqligidagi sensorlardan iborat.

Vivo NEX mobil aloqa qurilmasi Xitoyda ayni kunlarda 680 AQSh dollaridan sotilmoqda. Uning Rossiya hududida 800 AQSh dollaridan sotilishi taxmin qilinmoqda, ya’ni Samsung Galaxy S9 bilan bir xil narxda. Shu bilan birga, bu xitoylik koreyalik flagmandan bir qancha ustun jihatlarga ham ega.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!