S9 Plus'da olingan ilk video va selfi-suratlar!

S9 Plus'da olingan ilk video va selfi-suratlar!

Samsung’ning Galaxy S9 Plus flagmani bugun jahonning eng yaxshi kamerafoni deb e’lon qilindi. Kompaniya taqdimotga qadara e’lon qilgan “Camera Reimagined”, ya’ni kamera tubdan yangilandi degan reklama shiorlari o‘zini oqladi.

Galaxy S9 Plus mobil fotografiyada yangi davrni boshlab keldi. Kunduzgi suratlarda rang-tus me’yorida va aniq aks etgan, yorug‘lik past sharoitda ham bosh kamera o‘zining ilg‘orligini unutmaydi.

Samsung Galaxy S9+ modelida (F/1.5 diafragma) olingan quyidagi suratlarga baho bering.

  1. Nur va yorug‘likni suratga olish

2. Yorug‘lik darajasi past sharoitda surat olish imkoniyati.

3. Ranglar va tuslarni muhrlash borasidagi imkoniyat

Samsung Galaxy S9+ (F/2.4 difragman). Ayniqsa, sayohat chog‘ida mazkur kamerafon imkoniyatlari sizga taassurotli onlarni bir umrga muhrlash imkonini beradi.

Samsung Galaxy S9+ old kamerasida olingan suratlar.

Samsung Galaxy S9+ bosh kamerasida olingan video tasvirlar.

Flagman keng burchak ostida surat oluvchi 2 ta 12 megapikselli kamera moduliga ega bo‘lgan. Ulardan biri f/1.5 o‘lchamidagi, ikkinchisi - telefoto moduli esa f/2.4 o‘lchamidagi yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Samsung’ning yangi flagmani vaziyatga qarab yorug‘lik linzasini F1.5 dan F2.4 o‘lchamiga kattalashtira oladi. S9+ modeli portret olishda S9 modelidan kuchli va Note 8 bilan bellasha oladi.

Plus model S9'ga qaraganda yaxshi suratga oladi va tasvir sifatini saqlagan holda 2 karralik optik yaqinlashtirish funksiyasi bilan ta’minlangan.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!