Saymon MakKvoyd “Mortal Combat” filmining yangi talqinini suratga oladi

Saymon MakKvoyd “Mortal Combat” filmining yangi talqinini suratga oladi

Variety nashrining ma’lum qilishicha, “Mortal Combat” filmining versiyasi Saymon MakKvoyd (Simon McQuoid) tomonidan suratga olinishi mumkin ekan. Ushbu rejissyor ommaga Samsung, Netflix, Logitech, Range Rover, Beats by Dre uchun reklama roliklarini yaratishi bilan yaxshi tanilgan. Hozirda New Line Cinema u bilan aynan mana shu masalada muzokara olib bormoqda. Djeyms Van (James Van), Maykl Klir (Michael Clear), Todd Garner (Todd Garner) i Djeremi Steyn (Jeremy Stein) filmga prodyuserlik qilishadi. Lourens Kazanoff (Lawrence Kasanoff) esa ijrochi prodyuser vazifasini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, 1995 yilda chiqarilgan “Mortal Combat” filmining birinchi talqini rejissyor Pol Anderson (Pail W.S. Anderson) tomonidan yaratilgan edi. Kartina o‘yin muxlislari va kinotanqidchilar tarafidan iliq kutib olingan. Garchi filmning umumiy byudjeti 18 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa-da, u xalqaro prokatda 122 mln dollar mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.