“Sakkizinchi galaktika”ni yaqindan tomosha qiling

“Sakkizinchi galaktika”ni yaqindan tomosha qiling

Samsung smartfon bozorining peshqadami sifatida muvaffaqiyatning zafarli onlarini, shu bilan birga Note 7 tufayli inqirozning og‘ir sinovini ham his qilgan kompaniya. Kompaniya taqdimotga tayyorlayotgan Galaxy turkumiga tegishli navbatdagi Galaxy S8 uning axborot texnologiyalari bozoridagi nufuzini yana qayta tiklashi mumkin. Quyida e’tiboringizga Koreyaning DesignWoOS studiyasi tomonidan Galaxy S8 haqidagi ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan suratlar jamlanmasini taqdim etmoqdamiz.

Samsung kompaniyasi o‘zining navbatdagi 5,8 dyuymli Galaxy S8 va 6,2 dyuymli Galaxy S8+ flagman smartfonlari iste’molchilar tomonidan iliq kutib olinishiga ishonmoqda.

The Investor nashrining yozishicha, yangi “bayroqdor”ning ilk partiyasi 17 million nusxada ishlab chiqariladi. Qiyoslash uchun aytamiz, Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge’ning ilk partiyasida 12 million dona apparat sotuvga chiqarilgan.

Galaxy S8 bilan birga uning qo‘shimcha imkoniyatlarga ega Galaxy S8 Plus talqini ham sotuvga chiqariladi. Har ikkala smartfon Note 7 kabi ikki yonga qayrilgan bukik ekranga ega bo‘ladi.

Insayderlarning yozishlaricha, Galaxy S8’ning barmoq izlari skaneri uning orqa panelidan o‘rin egallaydi. Shuningdek, Samsung smartfon ishlab chiqarishda Apple va Motorola siyosatini qo‘llab, an’anaviy 3,5 mm.li audio portdan voz kechishi ham kutilmoqda. Ammo, devaysning tarqalgan suratlarida bu port hozircha mavjud. Ba’zi ekspertlar kompaniya bunga jazm qila olmasligini aytishmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung kamida 60 million dona yangi flagman sotishni reja qilgan. Avvalgi flagmanlar savdosi 48 millionni tashkil etgan edi. 2014 yilda esa 45 million dona flagman sotilgan edi.

“Sakkizinchi galaktika” ekranidagi “Home” bosh tugmasidan voz kechilishi mumkin. 2560 x 1440 piksel sig‘imiga ega bo‘ladi. OLED matritsali ekran ishlab chiqaruvchi Samsung Display zavodi ayni paytda ham Samsung, ham Apple uchun ekran yetkazib bermoqda.

Galaxy S8 gadjetining 29 mart kuni Nyu-Yorkda taqdim etilishi kutilmoqda. Yevropada  5,8 dyuymli Samsung Galaxy S8 gadjeti 799 dollardan,  6,2 dyuymli talqini 899 yevrodan sotilishi kutilmoqda. Smartfonlar savdosi 24-30 aprel oralig‘ida boshlanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!