Salmon Xon o‘z smartfon brendiga asos soladi

Salmon Xon o‘z smartfon brendiga asos soladi

Bollivud va jahonning taniqli aktyorlaridan biri Salmon Xon o‘zining smartfon ishlab chiqarish korxonasiga asos solmoqchi. Aktyor ayni paytda Samsung hamda Micromax kabi xalqaro brendlar hamkorlik qiladigan menejerlardan iborat professional jamoa shakllantirish, sarmoyadorlarni jalb qilish sa’y-harakatida yuribdi.

Bollivud super yulduzi 2007 yilda tashkil qilingan, xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi Being Human nomi ostidagi kiyim-kechak brendining egasi hisoblanadi. Uning navbatdagi smartfon brendi BeingSmart deb ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu korxona 200 AQSh dollari bahosidagi o‘rta narxli Android smartfonlar ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda.

BeingSmart brendining Xitoyning Hindiston bozorida ommalashayotgan Oppo, Vivo hamda Xiaomi kabi smartfon kompaniyalariga qarshi kurashishi aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, bu kompaniyadan tushgan daromadning aksariyat qismi Hindistonning qashshoq hududlarida ta’limni rivojlantirish, turmush tarzini yaxshilashga sarflanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!