Samarqandda 4G/LTE tarmog‘i ishga tushirildi

Samarqandda 4G/LTE tarmog‘i ishga tushirildi

2015 yilning 21 oktyabr kuni Samarqand shahrida Ucell aloqa operatorining abonentlarga xizmat ko‘rsatuvchi yangi idorasining ochilishi va 4G/LTE tarmog‘i ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilindi.

4G tarmog‘i ishga tushirilishi bilan shahar aholisi va mehmonlariga yuqori tezlikdagi mobil Internetidan foydalangan holda turli media-xizmatlar, mobil televideniye va onlayn-ilovalardan foydalanish imkoniyati taqdim etildi. Shu bilan Samarqand O‘zbekiston xaritasidagi eng keng qamrovga ega Ucell 4G/LTE tarmog‘i joriy etilgan Toshkentdan keyingi ikkinchi shahar bo‘ldi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!