Samarqandda 5G tarmog'i sinovdan o'tkazilmoqda

Samarqandda 5G tarmog'i sinovdan o'tkazilmoqda

AKT vaziri Sherzod Shermatov o'zining Telegram kanalida xabar berishicha, Samarqand turizm markazida 5G tarmog'ini test qilish ishlari boshlangan.

Vazir ulashgan skrinshotdan ko'rish mumkinki, UzMobile aloqa operatori bilan sinovdan o'tkazilayotgan 5G tezligi sekundiga salkam 900 megabitni tashkil qiladi.

"Ushbu markaz nafaqat xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan va turistlar yaxshi dam oladigan joy bo‘lmoqda, balki O‘zbekistonda birinchi marotaba barcha mobil aloqa operatorlar hamkorlikda antenna infratuzilmasini bitta machtada ko‘tarib, binolar ichida ham Active DAS tizimini hamkorlikda ishlatib, yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar ko‘rsatishlariga imkon yaratilmoqda", deydi Shermatov.

Ta'kidlash joizki, 24-27 oktabr kunlari bo'lib o'tadigan bu yilgi AKT haftaligi aynan shu Samarqand turizm markazida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'QING: EA yangi FIFA 23 o‘yinining treylerini chiqardi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!