Samarqandda yo‘l harakatini videokamera nazorat qilmoqda

Samarqandda yo‘l harakatini videokamera nazorat qilmoqda

Oxirgi paytda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari qoidabuzarliklarni aniqlashga katta e’tibor qaratmoqda. Shuning munosabati bilan Bog‘ishamol ko‘chasi va Registon maydoni yonidagi ko‘cha chorrahasida videokamera o‘rnatilgan. Harakat xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarni batafsil o‘rganishda kameralarning roli katta.

Hozirda uchta chorrahaga kameralar o‘rnatildi. Bundan tashqari Samarqandda yana yettita joyga o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Kamera avtomobil belgilarini 300 metr masofadan aniqlay oladi. Elektr o‘chganida videokamera va svetofor maxsus akkumulyatordan quvvatlanib ishlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.