Samolyotda Samsung smartfoni portladi, yo‘lovchilar favqulodda evakuatsiya qilindi

Samolyotda Samsung smartfoni portladi, yo‘lovchilar favqulodda evakuatsiya qilindi

Kecha oqshom AQShning Siyetl-Takoma xalqaro aeroportiga qo‘ngan samolyot jiddiy muammoga uchradi. Yo‘lovchilardan birining smartfoni portlashidan hosil bo‘lgan olovdan chiqqan tutun sabab ekipaj a’zolari yo‘lovchilarni favqulodda evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi.

O‘QING: Samsung Galaxy A52s 5G smartfoni sotuvga chiqdi

Voqeada hech kim jarohat ko‘rmagan. Xabar berilishicha, yong‘inni keltirib chiqargan qurilma Samsung Galaxy A21 smartfoni bo‘lgan. Buni smartfon egasi mas’ullarga ma’lum qilgan. Biroq smartfon shunchalik zarar ko‘rganidan qurilmaning tashqi ko‘rinishidan bu ma’lumotni tasdiqlash imkoni bo‘lmagan.

Aytilishicha, smartfon to‘satdan portlab ketgan va kichik yong‘in kelib chiqqan. Yong‘inni o‘chirish uchun ekipajdagilar aksariyat samolyotlarda bo‘luvchi batareyani saqlash xaltasidan foydalangan. Biroq tarqalgan tutun ko‘pligi bois favqulodda evakuatsiya lozim deb topilgan.

Samsung Galaxy A21

Baxtsiz hodisa tezda bartaraf etilgan va o‘sha kungi hech qaysi parvozga ta’sir o‘tkazmagan. Smartfon va boshqa elektronika mahsulotlarida ishlatiluvchi litiy ionli akkumulyatorning portlashi yoki yonib ketishi xavfi mavjud. Bunga faqatgina Galaxy A21 yoki barcha Samsung smartfonlari kamchiligi deb qaralmasligi kerak.

O‘QING: Siz ham «GAP»ga qo‘shiling va Galaxy A21 yutib oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!