Samsung $150 dollarlik Galaxy J2 Pro’ni sotuvga chiqardi

Samsung $150 dollarlik Galaxy J2 Pro’ni sotuvga chiqardi

Galaxy J2 (2016) smartfonining taqdimotidan 2 hafta o‘tib Samsung uning yanada takomillashgan versiyada foydalanuvchilar e’tiboriga taqdim etdi. Yangi talqin “Galaxy J2 Pro” deb nomlandi.
Smartfonning “Pro” versiyasi Smart Glow LED-halqasiga ega bo‘ldi. Bosh kamera atrofiga joylashtirilgan “aqlli chaqnoq” qo‘ng‘iroqlar, sms-xabarlar, turli ogohlantirishlar vaqtida yonib, foydalanuvchini boxabar qiladi.
Shu bilan birga, Galaxy J2 Pro smartfonida Turbo Speed yangi texnologiyasi joriy etilgan. Bu texnologiya ilovalar faoliyatini, ularni yuklashni yanada tezlashtiradi. Misol uchun, gadjetdagi ilovalar endi bu smartfonning tezkor xotirasidan 2 marotaba katta (4 GB) xotiraga ega “aqlli telefon”larnikidan 40 foiz (!!!) tezroq ishlaydi.

Galaxy J2 Pro

Galaxy J2 Pro’ning muhim ichki o‘zgarishlari qatoriga 16 GB doimiy ichki xotira bilan ta’minlanganini aytish mumkin. Shuningdek, Galaxy J2 (2016)’da 1,5 GB operativ xotirada faoliyat ko‘rsatsa, takomillashgan yangi talqinning tezkor xotira sig‘imi 2 GB.ga oshdi.

Mobil aloqa vositasining qolgan jihatlari Galaxy J2 (2016)’nikidek: 5 dyuymli, 1280 x 720 piksel sig‘imli Super AMOLED-displey, chastota tezligi 1,5 GGs bo‘lgan 4 yadroli Spreadtrum SC8830 protsessori, Mali-400 MP2 grafik-tasvir protsessori, elektr toki sig‘imi 2 600 mA soat akkumulyator, 8 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kameralar.

Ayni paytda Galaxy J2 Pro faqatgina Hindiston smartfon bozorida $150 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!