Samsung 2017 yilda 100 mln dona Galaxy J smartfonlarini sotmoqchi

Samsung 2017 yilda 100 mln dona Galaxy J smartfonlarini sotmoqchi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi joriy yilda 60 mln dona Galaxy S8 flagman modelini sotishini rejalashtirgan. Biroq ushbu prognoz biroz mubolag‘ali tuyuladi. Sababi flagman apparatlar qimmatroq bo‘lgani bois ular kutilganiday xaridorgir emas. Shunday bo‘lsa-da, kompaniya tayyorlaydigan Galaxy J seriyasidagi smartfonlar hamyonbop narx va nisbatan kuchli texnik parametrlarga ega bo‘lgani uchun juda yaxshi sotilmoqda. Ushbu faktga asoslangan Samsung 2017 yilda 100 mln dona J seriyasidagi smartfonlarni xaridorlarga yetkazishni maqsad qilgan.

Manbaning yozishicha, kompaniya, shuningdek, joriy yilda 20 mln dona yangi Galaxy A seriyasidagi qurilmalarni ham sotishni rejalashtirgan. Garchi arzon modellar bo‘yicha aniq statistika keltirilmagan bo‘lsa-da, Samsung`ning arzon modellari flagman qurimalarga qaraganda 2-3 baravar ko‘proq sotilishini ko‘pchilikka ma’lum.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!