Samsung 2017 yilda taxlanadigan smartfonni namoyish qiladi

Samsung 2017 yilda taxlanadigan smartfonni namoyish qiladi

Ayni kunlarda 5 dyuymli taxlanadigan yoki buklanadigan smartfonni ishlab chiqarish bo‘yicha Samsung Electronics hamda Samsung Display kompaniyalari tomonidan jiddiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

5 dyuym displey qurilmaning taxlangan holatdagi o‘lchami. Agar uni to‘liq holatda yoyadigan bo‘lsangiz, u 7 dyuymli planshetga aylanadi.

Yangi texnologiya asosida ishlab chiqariladigan qayishqoq displeyga ega smartfon shu yil so‘nggiga qadar to‘liq tayyor bo‘ladi va 2017 yildan boshlab sotuvga chiqariladi.

OLED texnologiyali displeyga ega bo‘ladigan qurilmaning namunasi ayni paytda tayyor va u to‘liq hajmda iPad Mini gadjetini eslatadi.

“Taxlanadigan OLED displeyli smartfonni tayyorlash loyihasi rejaga muvofiq jadal ketmoqda. Ayni paytda uni ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha koreyalik va xorijlik ishlab chiqaruvchilar bilan izlanishlar, muzokaralar olib borilmoqda,”deydi Samsung Display kompaniyasi direktori Li Chang Hun.

Bukiluvchan gadjetlarga ayni paytda savdosi pasaygan smartfon bozorining kelajagi, smartfonning keyingi avlodi sifatida qaralmoqda. Samsung Electronics bu g‘oyani 2011 yildayoq olg‘a surgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.