Samsung deyarli raqobatchilar bo'lmagan bozorga kirib kelmoqda

Samsung deyarli raqobatchilar bo'lmagan bozorga kirib kelmoqda

Samsung o'tgan yilning oktyabrida barmoqqa taqiladigan aqlli qurilma uchun patent topshirgan edi. Endilikda ma'lum bo'lishicha, kompaniya aqlli uzuk ustida ishlamoqda.

Janubiy Koreyalik Naver nashrning ma'lum qilishicha, Samsung barmoqqa taqiladigan aqlli uzuk ustida ishlashni boshlab yuborgan. Ma'lum bo'lishicha, yangi qurilma real vaqtda inson salomatlik holatini kuzatib borish imkonini beradi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, qurilma yurak urish tezligini va qon bosimini o'lchash sensori bilan birga EKG sensori bilan jihozlanadi.

Samsung aqlli uzugi qachon chiqarilishi haqida hozircha biron nima deyish qiyin, lekin u endigina boshlang'ich ishlab chiqarish bosqichida ekanligini hisobga olsak, uning chiqarilishi bir necha yildan keyinga to'g'ri kelishi mumkin.

Aqlli uzuklar hech qanaqa yangi texnologiya emas va ular allaqachon bozorda mavjud. Ammo bunday mahsulot ko'pincha yaxshi tanilmagan kompaniyalar tomonidan taqdim qilinadi. Samsung kabi texno-gigant uchun esa deyarli raqobatchilar bo'lmagan ushbu bozorda o'z o'rnini topish unchalik qiyin bo'lmasligi aniq.

O'QING: Samsung eng tezkor LPDDR5X DRAM xotirasini taqdim qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!