Samsung Avstraliyada Galaxy Note 7 smartfonlarini tarmoqdan uzib qo‘yadi

Samsung Avstraliyada Galaxy Note 7 smartfonlarini tarmoqdan uzib qo‘yadi

Xabaringiz bor, Samsung kompaniyasining joriy yilning avgust oyida global taqdimoti o‘tkazilgan Galaxy Note 7 smartfoni batareyadagi jiddiy nosozlik tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Janubiy Koreya gigantiga ulkan moliyaviy zarar keltirdi.

Garchi Samsung mazkur smartfonlarni chaqirib olish bo‘yicha globao dasturni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, hali barcha foydalanuvchilar ularni qaytarib bermagan ko‘rinadi. Jumladan, Sammobile saytining yozishicha, Samsung firmasining Avstraliyadagi vakolatxonasi ushbu mamlakatda haligacha foydalanilayotgan  Galaxy Note 7 smartfonlarini 15 dekabrdan boshlab tarmoqdan uzib qo‘yishi haqida ogohlantirgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday choralar iste’molchilarning manfaati va xavfsizligi uchun qilinmoqda ekan.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 7 modelini ishlab chiqarish Samsung tomonidan 2016 yilning 11 oktyabrda rasman to‘xtatilgan edi.