Samsung ba’zi «bayroqdor» smartfonlarini yangilanishlar bilan ta’minlashni tugatmoqda

Samsung ba’zi «bayroqdor» smartfonlarini yangilanishlar bilan ta’minlashni tugatmoqda

2015 yilda sotuvga chiqarilgan Galaxy S6 smartfoni Samsung'ning asosiy e’tibor dizaynga qaratilgan ilk qurilmasi bo‘lgan edi. Biroq ushbu qurilma kompaniya uchun endi o‘tmishda qoldi va Samsung bu rusumdagi smartfonlarni ortiq qo‘llab-quvvatlashni istamayotir. Kuzatuvchilar bu yo‘l bilan Samsung foydalanuvchilarni yangi avlod qurilmalarini sotib olishga majburlamoqchi, degan fikrda.

Yaqinda Samsung kelajakda yangilanishlar bilan ta’minlanadigan qurilmalarning yangilangan ro‘yxatini taqdim etgan edi. Avvaliga bu ro‘yxatda Galaxy S6 va S6 Edge+ yo‘q edi, keyinroq bu ikki qurilma yana kompaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum bo‘ldi.

Samsung tomonidan qurilmalarning yangilanishlar bilan ta’minlanishi «oylik» va «uch oylik» turga ajratilgan. Mantiqan yangi avlod qurilmalari oylik yangilanishlar bilan ta’minlab boriladi. Nisbatan eskiroq qurilmalar esa «uch oylik» e’tiborga tushib, keyinchalik ro‘yxatdan chiqarib yuboriladi. Natijada eski avlod qurilmalari egalari yangilanishsiz qolib, keyinroq yangiroq smartfonlarni sotib olishga majbur bo‘ladi.

Yangilanishlar bilan har uch oyda bir ta’minlanishi ma’lum bo‘lgan qurilmalar egalari qisqa vaqt ichida kompaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlashsiz qolishlarini kutishlari mumkin.

Hozirda ham mashhur bo‘lgan Galaxy S6 va S6 Edge+'ning oylik ro‘yxatdan chiqarilib, keyinroq yana qo‘shib qo‘yilishi Samsung yaqin kelajakda boshqa eski avlodga mansub smartfonlarni qo‘llab-quvvatlash rejasida emasligini anglatadi.

Quyida Samsung'ning qaysi qurilmalari oylik va uch oylik yangilanishlar bilan ta’minlanishini keltirib o‘tamiz:

Oylik yangilanishlar:

Galaxy S seriyasi (S9, S9+, S8, S8+, S8 Active, S7, S7 Edge, S7 Active, S6 Edge+, S6 Active)

Galaxy Note seriyasi (Note 8, Note 5)

Galaxy A seriyasi (A5 (2016), A5 (2017), A8 (2018))

 

Uch oylik yangilanishlar:

Galaxy A3 (2017), Galaxy A7 (2017)

Galaxy J1 Mini, Galaxy J1 Mini Prime

Galaxy J2 (2016), Galaxy J5 (2016), Galaxy J7 (2016)

Galaxy J3 Pro, Galaxy J3 Pop, Galaxy J7 Pop

Galaxy J3 (2017), Galaxy J5 (2017), Galaxy J7 (2017), Galaxy J7 Max, Galaxy J7 Neo

Galaxy A8+ (2018), Galaxy J2 (2018)

Galaxy Tab S2 L Refresh, Galaxy Tab S2 S Refresh

Galaxy Tab S3 9.7, Galaxy Tab Active2, Galaxy Tab 10.1 (2016)

Note FE 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!