Samsung barmoq izi skaneri bilan ilovalarni tezkor ochish texnologiyasini patentladi

Samsung barmoq izi skaneri bilan ilovalarni tezkor ochish texnologiyasini patentladi

Bundan bir necha hafta avval ilgari AQShning Google kompaniyasi HTC kompaniyasi bilan hamkorlikda Pixel va Pixel XL smartfonlarini taqdim qilgan edi. Mazkur smartfonlardagi barmoq izini aniqlaydigan skaner turli ishoralarga ham javob qaytarishni xususiyatiga ega. Endilikda shu kabi texnologiya Samsung smartfonlarida ham paydo bo‘lishi mumkin. Yaqinda Janubiy Koreya giganti ro‘yxatdan o‘tkazga patentda barmoq izi skanerida turli svayplar yordamida ilovalarga kirish funksiyasi ta’riflangan. Masalan, skaner ustida o‘ngga surish yordamida xabarlar ilovasiga, chapga surish orqali esa kontaktlar ro‘yxatiga kirish mumkin.

5P3Rt5IvGmNAg7SO7g17u0WPG1Nrux

Patentga ilova qilingan tasvirda ko‘rsatilishicha, foydalanuvchi bunday funksiyani bevosita bloklangan ekranda ham ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Skaner ustida har to‘rt tarafga svayplarni amalga oshirish mumkin. Ushbu yangilikning Galaxy S8 modelida paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!