Samsung birinchi chorak yakunlarini e’lon qilish arafasida: «Uch yulduz» foyda qildimi yoki zarar?

Samsung birinchi chorak yakunlarini e’lon qilish arafasida: «Uch yulduz» foyda qildimi yoki zarar?

2020-yilning birinchi choragi bilan ham allaqachon xayrlashdik. Ayni damda kompaniyalar ushbu davr uchun moliyaviy hisobot tuzmoqdalar.

Janubiy Koreyadan berilgan xabarlarga ko‘ra, Samsung butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish, sotish va marketingga ta’sir ko‘rsatgan COVID-19 avj olganiga qaramay, birinchi chorakda «nisbatan yaxshi» daromad olgani haqida xamir uchidan patir bermoqda.

Yonhap axborot agentligi kompaniya savdolari hajmi 55,31 trln von (qariyb 45 milliard dollar) bo‘lganini taxmin qilmoqda. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga ko‘pdir. Operatsion foyda deyarli bir xil, ammo taxminiy raqamlar 6.22 trillion vonlik savdo hajmini ko‘rsatmoqda, bu 2019-yil 1-choragiga nisbatan 0.09% pasayishdir.

Samsung o‘z hisobotining bir qismini kelgusi hafta e’lon qilishi kutilmoqda, choraklik to‘liq hisobot esa odatda oy so‘ngida taqdim qilinadi. Tahlilchilar kompaniyaning mobil biznesi katta zarba ko‘rganini taxmin qilishmoqda, sababi Samsung Hindiston, Braziliya va Rossiyadagi bazalarini yopishga majbur bo‘lgan. Sarmoya agentliklaridan birining taxminicha, o‘tgan chorakda koreys texnogiganti 62.2 million dona smartfon sotgan, bu esa 2019-yilning mos davriga nisbatan 71.5 million dona kam demakdir.

Samsung'ni qutqarib qolgan omil yarimo‘tkazgichlar savdosi bo‘lishi kerak, chunki server chiplari bo‘lgan talab hali ham yetarlicha.

O‘QING: Galaxy S20'larda Samsung oshkor qilmagan jihat bor ekan

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!