Samsung bolalar uchun maxsus planshet taqdim qildi

Samsung bolalar uchun maxsus planshet taqdim qildi

Samsung Galaxy Tab S4 flagman plansheti yangi talqinda, nisbatan arzon narxda "Galaxy Tab A 10.5" nomi bilan taqdim qilindi. Yangi devays oilaviy planshet bo‘lib, kundalik foydalanish, ko‘ngilochar va multimedia mahsulotlarini ko‘rishga mo‘ljallangan.

Galaxy Tab S4 modeliga nisbatan ekran bir oz soddaroq: Galaxy Tab S4 10,5 dyuymli ekran bilan ta’minlangan. Uning uchun IPS matritsa tanlangan. Ekranning tasvir namoyish qilish aniqligi 1920x1200 pikselni tashkil qiladi.

«Yurak» uchun planshetga ko‘pchilik arzon smartfonlarga o‘rnatilgan Snapdragon 450 protsessori tanlangan. Devaysdagi tezkor xotira 3 Gb, doimiy xotira sig‘imi 32 Gb. Doimiy xotirani qo‘shimcha xotira kartasi yordamida 400 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Samsung Galaxy Tab A 10.5 akkumulyatorining tok sig‘imi diqqatga sazovor - 7300 mA soat.

Old kamera 5 Mp, bosh kamera 8 megapikselli. Planshetni USB Type-C orqali quvvatlash mumkin.

Yana bir muhim jihat - 4 ta dinamikdan iborat Dolby Atmos ovoz uzatish tizimi.

Samsung Galaxy Tab A 10.5 modeliga Android Oreo operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Kompaniya tizimni yaratishda asosiy urg‘uni bir nechta rejimlarni ishlab chiqarishga qaratadi. Misol uchun, "Bolalar rejimi" orqali ota-ona bolaning planshetdan foydalanish vaqti, kontentini nazorat qilib boradi.

Yangi planshet LTE, ya’ni sim-kartali yoki Wi-Fi tarmog‘iga mo‘ljallangan ikki talqinda ishlab chiqarilmoqda. Galaxy Tab A 10.5 savdosi 24 avgust kuni start oladi. LTE‑modemga ega talqin $450, faqat Wi-Fi tarmog‘ida ishlaydigan talqin $380 dollardan sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.