Samsung Chromebook Pro sotila boshlandi

Samsung Chromebook Pro sotila boshlandi

Samsung 2017 yilning yanvarida o‘tkazilgan Elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasida Google bilan hamkorlikda tayyorlagan Chromebook Pro noutbukini namoyish qilgan edi. Raqamli “qalamcha”li gadjet Android ilovalarni qo‘llab-quvvatlagani bois, uni sotuvga chiqarish bir oz kechiktirilgan edi. Devays Google Play’dagi 2 milliondan ziyod ilovalarni o‘qiy oladi.

Metall korpusli Chromebook Pro modelini ishlab chiqdi. Qurilmaga 2400 X 1600 aniqligidagi 12,3 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Maxsus qalamcha yordamida ekranga yozish yoki surat solish mumkin.

Model yupqa va zamonaviy metall korpus bilan ajralib turadi, uning qalinligi – 12, 9 mm, og‘irligi esa 1, 08 kg. Noutbuk korpusi silliq qirralarga ega, bu esa korpus shakldorligini sezilarli darajada oshirgan. Agar Pixel turkumidagi modellarni hisobga olmasak, u premium turkumdagi yagona xrombuk hisoblanadi.

Noutbukka 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira, 6 yadroli chastotasi 2 GGs bo‘lgan protsessor o‘rnatilgan, USB-C porti, xotira kartasi bo‘lmachasi yordamida xotirani kengaytirish mumkin. Qurilma akkumulyatori 10 soatlik ishlash davomiyligini ta’minlaydi.

Amazon internet do‘koni ayni paytda Samsung Chromebook Pro uchun avvaldan buyurtma olishni boshladi. Uning uchun $549.99 dollar so‘ralmoqda. Gadjet rasman taqdim etilgach, ya’ni 28 maydan yetkazib beriladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!