Samsung displey va kamera bilan jihozlangan sovutgichning ikkinchi avlodini ko‘rsatdi

Samsung displey va kamera bilan jihozlangan sovutgichning ikkinchi avlodini ko‘rsatdi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bundan bir yil muqaddam displey bilan jihozlangan internet ulanishiga ega sovutgichlarning yangi turini namoyish qilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, firma ushbu sovutgichning yangilangan avlodini CES 2017 ko‘rgazmasida taqdim etishga shaylanmoqda.

Family Hub 2.0 nomlangan mazkur yangi sovutgichga o‘rnatilgan displeyli kompyuter orqali oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish, retseptlarni ko‘rish va veb-resurslarga kirish mumkin. Displeyning diagonali 21,5 dyuym. Birinchi avlod sovutgichiga o‘xshab yangi avloddagi qurilmada ham ichkaridagi mahsulotlarni ko‘rishga xizmat qiladigan kamera o‘rnatilgan. Qizig‘i shundaki, kamera orqali sovutgichdagi mahsulotlarni distansion tarzda smartfon orqali ham ko‘rsa bo‘ladi. Sovutgichni maxsus mobil ilova yordamida boshqarish mumkin.

Yangi Family Hub 2.0 ovozli boshqaruvni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!