Samsung endi Galaxy A8+ reklama roligida OnePlus 6’ni mayna qildi

  •   DiMaX
  •  1519
  •  26.05.2018 18:10

Samsung endi Galaxy A8+ reklama roligida OnePlus 6’ni mayna qildi

 «Osmon osti saltanati»da ishlab chiqarilgan smartfonlar Hindistonda juda ommabop. Ushbu mamlakat – Samsung kompaniyasi xitoylik smartfonsozlarga bas kela olmayotgan kam sonli bozorlardan biridir.

O‘QING: Samsung yirik smartfon bozorida yengildi! Uni kim mag‘lub qildi?

Aytish kerakki, xitoylik kompaniyalarning flagman modellari ham Samsung’ning o‘rta narx toifasiga mansub smartfonlari bilan deyarli bir xil qiymatga ega. Shuni hisobga olib, koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy A8+ smartfoni reklamasida uning asosiy raqibi – OnePlus 6 flagmani ustidan kuldi.

Ya’ni, Samsung India kompaniyasi ushbu reklama kampaniyasini «More Than Just Speed» («Shunchaki tezlikdan ko‘ra ko‘proq») shiori ostida o‘tkazmoqda. Buni esa kuzatuvchilar yaqinda taqdim etilgan OnePlus 6 smartfonining «The Speed You Need» («Senga kerakli tezlik») shioriga qarshi ochiqdan-ochiq masxara sifatida baholashmoqda.

Samsung fikricha, eng tezkor protsessor ham baribir Galaxy A8+ modelidagi Super-AMOLED ekranning, Bixby ovozli yordamchisining, IP68 standartidagi himoyaning va Samsung Pay tizimining o‘rnini bosa olmaydi.

Esingizda bo‘lsa kerak, janubiy koreyalik texnogigant yaqindagina «ashaddiy raqibi»ning smartfonini ham masxaralagan edi.

O‘QING: Samsung yangi reklamasida yana iPhone ustidan kuldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!