Samsung endi “Galaxy J” turkumiga diqqatini qaratmoqda

Samsung endi “Galaxy J” turkumiga diqqatini qaratmoqda

Lazerli avtofokus funksiyasi va metall korpusga ega Samsung Galaxy J7 (2016) va Galaxy J5 (2016) smartfonlari Xitoy telekommunikatsiya qurilmalarini sertifikatlashtirish markazi tomonidan ilk tajriba sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgani xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinmoqda.

GFXBench va Bluetooth SIG smartfonlar imkoniyatlarini baholash tizimlarida ham tekshiruvdan o‘tgan gadjetlar “o‘rtacha imkoniyatli” qurilmalar qatoridan o‘rin egallagan.

 

Samsung Galaxy J5 (2016) 5.2 dyuymli, 720p piksel sig‘imidagi sensorli AMOLED displey, 13 MP svetodiodli fotochaqnoq hamda lazerli avtofokusli bosh kamera hamda 5 MP selfi olish kamerasiga ega.

Mobil aloqa vositasida 1,2-GGs chastotada ishlaydigan to‘rt yadroli protsessor, 2 Gbayt operativ xotira, 16 Gbayt flesh-xotira, 4G LTE aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan modem mavjud. Smartfon Android 5.1.1 Lollipop operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Telefon apparati o‘lchamlari 145,7 × 72,3 × 7,9 mm, uning og‘irligi — 155,4 gramm. Smartfonning korpusi oq, tillarang, och tilla rangli talqinlarda ishlab chiqariladi.

Samsung Galaxy J7 qurilmasi 2015 yilning yozida ham taqdim etilgan edi. Uning farqi old kamerasida ham fotochaqnoqning borligida.

Samsung Galaxy J7 (2016) ikki talqinda ishlab chiqariladi. Birida 8 yadroli 1,6-GGs chastotada ishlaydigan protsessor bo‘lsa, ikkinchi talqin ham 8 yadroli bo‘ladi, faqat ulardan 4 nafari 1,5 GGs chastotada, qolgan 4 tasi 1,2-GGs chastotada ishlaydi.

U 5.5 dyuymli Full HD sig‘imga ega Super AMOLED displey, Qualcomm Snapdragon 615/617 yoki Exynos 7870 protsessoriga, 3 GB operativ xotira, 16 Gb qo‘shimcha xotira kartasiga ega bo‘ladi.

Uning protsessor imkoniyatlari soniyasiga 300 Mbit ma’lumot almashish imkonini beruvchi LTE aloqa tarmog‘ining Cat.6 standartidan foydalanish imkonini beradi.

Smartfon akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 3300 mA·soat. Korpus qalinligi 7,6 mm.

Unda foydalanilgan Exynos 7870 chipi yaratuvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, u boshqa chiplarga qaraganda smartfonning 30 foiz kamroq quvvat yeyishini ta’minlaydi.

Qurilmalarning boshqa barcha jihatlari bir xil.