Samsung Galaxy A11 haqida yangi xabar tarqaldi

Samsung Galaxy A11 haqida yangi xabar tarqaldi

Bir necha hafta oldin Galaxy A11 gadjeti haqida Wi-Fi alyans vebsaytida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, smartfon kelasi haftada namoyish qilinadi.

Mana, Galaxy A11'ning orqa paneliga nazar tashlash imkoniyatiga ega bo‘ldik.Ishonchli manbalarga ko‘ra, qurilmaning orqa tomoni plastikdan ishlangan bo‘lib, panelda uchtalik kamera va barmoq izi skaneri joylashgan. Gadjet Android 10 va One UI 2 operatsion tizmlarida ishlashi, shuningdek, 128GB ichki xotiraga ega bo‘lishi, narxi esa Hindiston bozorlarida 10,000 rupiyadan kamroq bo‘lishi kutilmoqda. So‘nggi Galaxy A10s qurilmasining orqa tomonida ikkita kamera borligi va 32GB doimiy xotiradan iboratligini hisobga olsak, Galaxy A11 bu borada sezilarli o‘sishga erishgan.

Albatta, bu hozircha shunchaki mish-mishlar, ammo yaqin orada smartfon haqida ko‘proq ma’lumot bilib olamiz.

O‘QING: Samsung naq 64 MPlik kvadrokamera va 6000 mA/soatlik batareyaga ega arzon «megamonstr» taqdimot kunini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!