Samsung Galaxy A13 smartfoni 50MP asosiy kameraga ega bo‘ladi

Samsung Galaxy A13 smartfoni 50MP asosiy kameraga ega bo‘ladi

Samsung kompaniyasi o‘tgan yilning noyabr oyida Galaxy A12 smartfonini taqdim etgan edi. Endi kompaniya ushbu smartfonning yangi avlodi - A13'ni taqdim etishni rejalashtirmoqda. 

Janubiy Koreyadan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 50MP asosiy kameraga ega bo‘ladi. Qurilmaning qolgan kamerlari esa o‘zgarmaydi, ya’ni unga eski Galaxy A12'ning kameralari o‘rnatiladi. 

Galaxy A12 hamda A12s qurilmalari 48MP asosiy kamera, 5MP ultrakeng kamera, 2MP sath kamera bilan jihozlangan edi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, asosiy kameradan tashqari boshqa kamerlar o‘zgarmaydi. Yangi smartfonga A12'dagi 8MP selfi kamera o‘rnatiladi. 

Galaxy A12  arzon bo‘lganligi sababli bir qancha mamlakatlarda eng ko‘p sotilgan Galaxy smartfonlaridan biri bo‘lgan. 

O‘QING: Galaxy A33 5G haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.