Samsung Galaxy A13'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A13'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy A13 modeli Galaxy A seriyasidagi yangi hamyonbop smartfon. Bugun ushbu qurilmaning 4G versiyasi bilan tanishamiz. Ushbu smartfonning 5G versiyasi bo‘lib, u 90 gertsda ishlovchi displey hamda Dimensity 700 bilan jihozlangan. Qolgan texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikki model bir-biridan farq qilmaydi.  

Shuni ta’kidlash kerakki, Galaxy A13 seriyadagi bazaviy model emas. Bazaviy model Galaxy A03 hisoblanadi. Samsung bir necha yildan buyon A seriyasida ko‘plab smartfonlar ishlab chiqarmoqda. Ba’zan seriyada bir-biriga o‘xshash smartfonlar taqdim etilmoqda. 

Galaxy A13'ning tashqi dizayni A13 5G modeliga o‘xshaydi. Smartfon A23 kabi Gorilla Glass 5 shishasiga ega. Undagi LCD displeyning hajmi 6.6 dyuym bo‘lib, 60 gertsda ishlaydi. A13 5G hamda A23 modellarining displeyi esa 90 gertsni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Galaxy A13'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 165.1x76.4x8.8mm, 195g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel plastik, plastik rom. 

> Displey: 6.60 dyuymli PLS LCD, 1080x2408 piksel rezolyutsiya, 20.07:9 forma faktori, 400ppi zichlik. 

> Chipset: Exynos 850 (8nm): Sakkiz yadroli (4x2.0 GHz Cortex-A55 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G52. 

> Xotira: 3/32GB, 4/64GB, 4/128GB, 6/128GB; microSDXC. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4.1. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, PDAF; Ultrakeng kamera: 5MP, f/2.2, 123 daraja ko‘rish burchagi, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 8MP, f/2.2, (keng). 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5000 mAs; 15 vatt quvvatlash texnologiyasi. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); 3.5 mm audio jek. 

Kamera texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha smartfon A23 modeliga o‘xshaydi. Birgina farq uning asosiy kamerasida optik tasvir barqarorlashtirgichi yo‘q. Exynos 850 chipi sabab qurilma 4K formatda videoga ola olmaydi. Galaxy A13 5G modeli Dimensity 700 chipi, A23 esa Snapdragon 680 chpi bilan jihozlangan bo‘lib, ikkisi ham 4K formatda videoga olishi mumkin. 

Smartfon 15 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. A23 modeli ham 5,000 mAs akkumulyatorga ega biroq, u 25 vattda quvvat oladi. 

Qadoq tarkibi 

Samsung ham borgan sari hamyonbop smartfonlarning qutisidan kerakli aksessuarlarni olib tashlamoqda. Qutidan smartfon bilan faqatgina USB-C kabeli o‘rin olgan holos. 

Foto: GSMArena 

Bu degani quvvatlash adapterini qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish kerak bo‘ladi. 

O‘QING: iPhone SE (2022)'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz