Samsung Galaxy A23'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A23'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bir necha yildan beri Samsung kompaniyasi o‘zining o‘rta toifadagi smartfonlariga katta axamiyat qaratmoqda. Galaxy A23 o‘rta toifaning arzon smartfonlaridan biri hisoblanib, ushbu byudjet smartfonning asosan kameralariga ahamiyat berilgan. 

Odatda Samsung kompaniyasining o‘rta toifadagi smartfonlari yaxshiroq ultrakeng va asosiy kameraga ega ekanligi bilan o‘z raqobatchilaridan ajralib turadi. 

Foto: GSMArena 

Galaxy A23 ham bundan mustasno emas. Byudjet qurilma bo‘lishiga qaramay, A23 modeli optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy kamera bilan jihozlangan. Qolgan kameralarning esa alohida ajralib turadigan xususiyatlari mavjud emas. 

Smartfon 6.6 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan. Ushbu narxdagi smartfonlarga odatda OLED displeylari o‘rnatilmaydi. 

Samsung Galaxy A23'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 164.5x76.9x8.4mm, 195g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha, plastik rom. 

> Displey: 6.60 dyuymli PLC LCD, 90 gerts, 1080x2408 piksel rezolyutsiya, 20.07:9 forma faktori, 400ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM6225 Snapdragon 680 4G (6 nm): Sakkiz yadroli (4x2.4 GHz Kryo 265 Gold & 4x1.9 GHz Kryo 265 Silver); Adreno 610. 

> Xotira: 4/64GB, 6/64GB, 4/128GB, 6/128GB, 8/128GB; microSDXC sloti. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4.1. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 5MP, f/2.2, 123˚, 1/5“, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 8MP, f/2.2, (keng). 

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000mAs; 25 vatt quvvatlash texnologiyasi. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); 3.5 mm audio jek. 

Smartfon Snapdragon 680 chipida ishlaydi. Unumdorlik jihatidan o‘rtacha darajadagi chipseti. Ammo kamchiliklar ham yo‘q emas, misol uchun, ushbu chip 4K formatda videoga olish va 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi. 

Foto: GSMArena 

Chipda yuqori unumdorlik uchun yetarlicha yadrolar mavjud, shuning uchun smartfon ishlashida muammolar bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, Galaxy A23 modeli 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u 25 vattda quvvat oladi. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon odatiy oq qutida sotiladi. Uning qutisidan smartfon bilan birga 25 vattlik quvvatlash adapteri (smartfon 25 vattda quvvatlanadi), USB-C kabeli o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena 

O‘QING: Sony Xperia 10 IV'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!