Samsung Galaxy A3 (2017) – xitga aylangan modelning yangi avlodi

Samsung Galaxy A3 (2017) – xitga aylangan modelning yangi avlodi

O‘tgan yilning so‘nggi choragida chiqarilgan Samsung Galaxy A3 (2016) yurtimizdagi ko‘pchilik xaridorlarning mehrini qozonishga ulgurgan. Bunga sabab modelning zamonaviy dizayni va hamyonbop narxidir. Kuni kecha smartfonlarni sinovdan o‘tkazadigan benchmarklarda mazkur modelning yangi avlodi – Samsung Galaxy A3 (2017) haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

To‘g‘ri, hozircha modelning tashqi ko‘rinishi sir tutilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, biz yangi avloddagi telefonning ba’zi texnik parametrlarini bilishga erishdik.

Shunday qilib yangi Samsung Galaxy A3 (2017) Android 6.0.1 Marshmallow dasturida ishlaydi, 4,7 dyuymli HD ekran bilan ta’minlanadi, unga sakkiz yadroli 1,5 GGs chastotada ishlaydigan protsessor va Mali-T830 grafik tezlatkichi o‘rnatiladi. Smartfon 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Asosiy kamera – 13 MP, old kamera – 8 MP bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, smartfonga NFC, pedometr va barometr ham o‘rnatiladi. Onscreen sinovlarida yangi versiyadagi smartfon 1080 ball to‘plagan (LenovoVibe Z2 Pro, Huawei P9 Lite, Microsoft Lumia 950 XL, Meizu MX4 modellari darajasida). Manhattan 3.1 onscreen sinovlarida esa telefon Samsung Galaxy J7, Huawei P9, Mlais M52 Red Note kabi smartfonlarning texnik ko‘rsatkichlariga yaqin natijalarni qayd etgan.

samsung_galaxy_a3_2017

 

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!