Samsung Galaxy A3: “Malika”dagi ommabop-hamyonbop geleksi

Samsung Galaxy A3: “Malika”dagi ommabop-hamyonbop geleksi

Qisqa xarakteristikasi:

Displey: 4.7 dyuymli HD (1280×720)
Protsessor: Exynos 7580 (Snapdragon 410)
Xotira: 1.5 GB tezkor, 16 GB ichki xotira hamda microSD xotira bo‘lmachasi
Operatsion tizim: Android 5.1.1
Akkumulyator: 2,300 mA soat.
Ishlab chiqaruvchi: Samsung

galaxy-a3

GALAXY A3 haqida

Hamma Galaxy S7 hamda Galaxy S7 Edge haqida gapirayotgan bir paytda, kompaniya talab-ehtiyojni inobatga olib, hamyonbop narxdagi Galaxy A3 gadjetini yangi talqinda ishlab chiqarmoqda. Modomiki, 4K video tasvirga olish, barmoq izlari skaneri, quad-HD ekran ishqibozi bo‘lmasangiz, Galaxy A3 ayni sizbop gadjet.

Galaxy A3 “o‘rta darajali” mobil telefon apparati hisoblanadi. Galaxy S6 kabi klassik ko‘rinish, shisha va metall uyg‘unligidagi korpusli, yorqin 4.7 dyuymli AMOLED texnologiyasi platformasida ishlaydigan ekranli, quvvat manbai ham mustahkam bo‘lgan qurilmani Galaxy S7’ning narxidan ancha arzonga olishingiz mumkin.

galaxy-a3

GALAXY A3: Dizayn

Biz odatda hamyonbop smartfonlarning plastik korpusdan ishlanganiga guvoh bo‘lamiz. Bir oz ixchamligini hisobga olmasa, A3 smartfon bozorida ommalashgan Galaxy S6’ning o‘zginasi.

Gadjetning ixchamligi, 4.7 dyuymli displey uni kaftda, bosh barmoq yordamida bir qo‘lda boshqarish imkonini beradi.

Galaxy A3 132 gramm, qalinligi 7.3 mm, yassi qirrali mobil aloqa vositasidir.

Samsung’ning S7 flagmanidan farqli ravishda, A3 korpusi suv va chang ta’siriga bardoshli emas.

galaxy-a3

GALAXY A3: Ekran

2015 yilgi Galaxy A3’da ekran sig‘imi 960 x 540 bo‘lgan bo‘lsa, yangi talqinda piksellar sig‘imi 1,280 x 720 (312ppi)ga oshgan. Shu bilan birga, 4.7 dyuymli ekranda tasvir yanada aniq-tiniq aks etadi. Bu misoli Apple’ning iPhone 6S gadjetida tatbiq qilingan Retina displeydir.

A3 ekrani Samsung’ning ilg‘or texnologiyali Super AMOLED platformasida ishlaydi. Ekranni menyu orqali sozlash ham mumkin. “Basic” (tayanch) rejimda ekran hamma narsani tabiiy namoyish etsa, “Adaptive” (moslashuvchan) rejimda tasvir bir oz yorqin va aslidan ko‘ra jozibaliroq ko‘rinadi.

Tashqi muhit displey rejimi yordamida quyoshli sharoitda ham displeyda yorqin namoyishga guvoh bo‘lish mumkin.

galaxy-a3

Samsung Galaxy A3: Namoyish va kamera

A3 smartfonida o‘rtacha darajali Exynos 7580 (ba’zi hududlarida Snapdragon 410’dan) protsessoridan foydalanilgan. Uning tezkor xotira sig‘imi 1.5 GBni tashkil etadi. Bu esa smartfon Real Racing 3 tezkor ilova hamda o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlashini anglatadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, agar siz elektron o‘yin va ilovalar ishqibozi bo‘lsangiz, “geleksi a” turkumining yanada takomillashgan talqini – A5’da 2 GB tezkor xotira o‘rnatilgan.

A3’ning doimiy xotirasi 16 Gb, foydalanuvchi undagi 11 Gb hajmdan foydalanishi mumkin. Shuningdek, microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yordamida xotirani kattalashtirish mumkin.

galaxy-a3

GALAXY A3: Dasturiy ta’minot

A3 yangi talqinda 2016 yil o‘rtalarida taqdim qilingan bo‘lsa ham, uning eski – Android 5.1.1 Lollipop operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatishi ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Ko‘pchilik quvvatni tejaydigan va qulay foydalanish interfeysiga ega Android Marshmallow OT’ni kutgan edi.

Android operatsion tizimining moslashtirilgan Samsung TouchWiz talqini bir oz qo‘pol tuyilishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, bu tizim qo‘shimcha “Mavzu” yoki Google Now, Nova kabi uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining dasturlarini o‘rnatishga ruxsat beradi.

A3’ning “Home” menyusining chap qismida 20 tildagi Flipboard ijtimoiy tarmog‘i va yangiliklar  ilovasi mavjud. Shuningdek, “Home” bosh tugmasini 2 marta bosish orqali kamera tezkorlik bilan ishga tushadi.

A3 ham kun kelib Android 6 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatishi aniq. Buni foydalanuvchilar intiqlik bilan kutishadi.

galaxy-a3

GALAXY A3: Kamera

13 Mp bosh hamda 5 Mp kameralar katta miqdorda yorug‘lik o‘tkazuvchi f/1.9 diafragmaga ega. LED fotochaqnoq tunda yorqin surat olishga xizmat qiladi. Kameraning 4:3 sensori keng  formatli (16:9) suratlar olinishini ta’minlaydi.

Kamera ilovasidan foydalanish ham oson. Unda bir qancha rejimlar ham mavjud. Misol uchun, suratdagi oq tus balansini me’yorida saqlash uchun “Pro” rejimi va turli vaziyatlar uchun “Panorama”, “Tungi”, “HDR” rejimlari mavjud. Shu bilan birga, Galaxy apps store’dan boshqa imkoniyatlar mavjud ilovalarni ham yuklab olish mumkin.

Yorug‘lik yetarli bo‘lsa, smartfon kamerasi olgan suratda mayda detallar ham aniq-tiniq namoyon bo‘ladi. Diafragmaning tezkorligi yorug‘lik past ham yorqin suratlar olishga yordam beradi.

galaxy-a3

galaxy-a3

Ammo tungi vaziyatda, turli bazm yoki yig‘inlarda smartfonda olingan suratlar bir oz xira tuyilish mumkin.

Smartfon 1080p formatidagi video tasvirga oladi. Afsuski, unda 4K sig‘imli surat olish imkoni mavjud emas. Full HD video ham yaxshi, ammo optik surat barqarorlashtirish funksiyasining yo‘qligi tufayli kamera chayqalishi oqibatida tasvir sifati buziladi.

5 Mp old kamera keng manzarali selfi olish uchun ayni muddao. U ham tungi sharoitda, yorug‘lik past holatda aniq-tiniq surta olishga qiynaladi.

galaxy-a3

GALAXY A3: Akkumulyator, ovoz uzatish.

Akkumulyator A3’ning kuchli jihati. 2,300 mA soat 1 yarim kunlik faoliyat uchun kifoya qiladi. Kichik ekran, ekran yorug‘ligini nazorat qilish, ilovalarni optimallashtirish, quvvatni tejash rejimlarining borligi quvvat manbaini tejash uchun ayni muddao.

Uni to‘la quvvatlab bir sutka davomida internetdan foydalanish, videolar ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uning 65 foizlik quvvatini “yeydi”. Bu uning ekran yorug‘ligini 50 foizga sozlab, quvvatni tejash rejimini yoqmasdan turib iste’mol qiladigan quvvati.

A5’dan farqli ravishda A3’da tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy qilinmagan. Shu bois, uni to‘la quvvatlash uchun 2 soat kerak bo‘ladi.

GALAXY A3: Aloqa, ovoz sifati

Smartfonda mavjud yagona dinamik baland va sifatli ovoz uzatishi bilan foydalanuvchini xursand qiladi. Qo‘ng‘iroqni amalga oshirish, aloqa jarayonida ovozni yetkazish olib berish ham yuqori darajada deyish mumkin.

galaxy-a3

 GALAXY A3: Narx-navo

«Malika» savdo markazida 2016 yilning 30 iyun holatida Samsung Galaxy A3 smartfonining 2016 yilgi talqini 1,187,000 so‘mdan sotilmoqda. “Hamyonbop” bo‘lgani bilan bu narx evaziga Xitoyning ba’zi kompaniyalari nisbatan keng imkoniyatli smartfonlarni taklif qilishadi.

GALAXY A3: Xulosa

Guvohi bo‘lganingizdek, dizaynini hisobga olmaganda,  smartfon “yarq” etib ajralib turadigan biror jihatga ega emas. O‘z nomi bilan “hamyonbop” smartfon. Ammo, uning protsessori, akkumulyatori va muhimi “Galaxy” degan nomi ko‘pchilik uchun ishonchni anglatadi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!