Samsung Galaxy A32 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A32 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung o‘zining eng so‘nggi Galaxy A smartfonlari borasida shaksiz maqtashga arzirli qadamlarni tashladi. Koreyalik texnogigant o‘z sa’y-harakatlarini rasman bestseller bo‘lgan lineykasiga qaratishga qaror qilgani sezildi. «Qoyilmaqom — hamma uchun» deb atalgan yangi shior smartfonlarga ayni mos keladi. Galaxy A32, Galaxy A52 va Galaxy A72 singari qurilmalarni narxiga arziydigan taklif deb aytish mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy A32'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Imkon qadar trendda bo‘lish va mijozlarga yoqish uchun Samsung anchayin ildamlab A52 va A32 singari smartfonlarning 5G versiyasini ham yaratdi. 5G'da ishlovchi ushbu variantlarni 4G modellar bilan bir xil narx sinfiga kiritishga harakat qilingan va, tabiiyki, narxlarning ko‘tarilib ketishini oldini olish uchun 4G talqinlardagi ba’zi jihatlar kompensatsiya qilingan. Galaxy A32 5G smartfoni o‘zining 4G sherigidan anchayin sezilarli kamchiliklarga ega.

Samsung Galaxy A32 5G'ning texnik jihatlari:

> Displey: 6.50" TFT, 720x1600p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 270ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6853 Dimensity 720 5G (7 nm): sakkiz yadroli (2x2.0 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC3.

> Xotira: 4GB/64GB 4GB, 4GB/128GB, 6GB/128GB, 8GB/128GB; microSDXC (SIM karta bilan bitta slotdan foydalanadi).

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.8, 26 mm, 1/2.0“, 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 123 daraja, 1/4.0“, 1.12µm; •Makro: 5 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Old kamera: 13 MP, f/2.2, (keng).

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/120 kadr/sek.; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); FM radio; 3.5 mm audio jek.

> Narxi: 200 dan 280 dollargacha.

Aytish mumkinki, Galaxy A32 5G standart A32'dan butunlay o‘zgacha mahsulot. Ikkala smartfonlarning narxi, Samsung xohlaganidek, deyarli bir xil, biroq bu amalga oshishi uchun A32 5G'ga OLED ekran o‘rniga LCD displey qo‘yilgan. Past HD+ rezolyutsiyali ekran 60Hz yangilanish chastotasiga ega. Ikkala smartfon ekrani shunchalar farqliki, A32 32 5G ekrani 6.4" emas, 6.5 dyuym diagonalga ega. Smartfonning har bir o‘lchami ham kattaroq — 164.2 x 76.1 x 9.1 mm, 205 gramm. Qahramonimiz 4G sherigidan 20 gramm og‘irroq bo‘lishiga qaramay, ikkalasining ham akkumulyator sig‘imi 5,000 mAs.

Kamera borasida ham o‘zgartirishlar qilingan: asosiy kamera sifatida pastroq 48MP rezolyutsiyali linza qo‘yilgan. Ammo qizig‘i shundaki, A32 5G qo‘shimcha 2MP sath kamerasiga ega. Bundan tashqari, smartfon 4K aniqlikda 30 kadr/sek. videolar ham yozishga qodir. Yana bir qiziq o‘zgarishlardan biri qurilmaga MediaTek Helio G80 emas, balki undan barcha tomonlama yaxshiroq MediaTek Dimensity 720 5G mobil platformasi o‘rnatilganidir.

Qadoq tarkibi
Smartfon qadog‘i tarkibidan 15 vattlik quvvatlagich va kaltagina USB-A ga USB-C kabeli o‘rin olgan. Himoya g‘ilofi yo‘q.

O‘QING: Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.