Samsung Galaxy A5 (2017) modelining suratlari e’lon qilindi

Samsung Galaxy A5 (2017) modelining suratlari e’lon qilindi

Kuni kecha Android Authority nashrida Samsung kompaniyasining Galaxy A5 (2017) modelining suratlari paydo bo‘ldi. Ushbu modelning 2015 (SM-A500) va 2016 (SM-A510) yildagi versiyalari yurtimizda ham yaxshi ommalashgan. Janubiy Koreyalik gigantning A seriyasidagi smartfonlari garchi o‘rta narx segmentiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ular nisbatan kuchli texnik parametrlar bilan ta’minlangan.

samsung_galaxy_a5_2017_onleaks_11

Samsung Galaxy A5 (2017) 5,2 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Smartfonning anonsi shu yilning so‘ngida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Yangi model Samsung Galaxy A5 (2016) versiyasiga qaraganda bir muncha qalinroq, bu esa unga yanada kuchli batareya o‘rnatilishini isbotlaydi.

samsung_galaxy_a5_2017_onleaks_5

Eng qizig‘i, qurilmaning ostki qismida USB Type-C va 3,5 millimetrli slot joylashadi. Gadjetga Mali-T860MP4 grafik adapteriga ega sakkiz yadroli Exynos 7880 protseyesori o‘rnatiladi. Operativ xotiraning sig‘imi – 3 GB. Batareyaning quvvati 3000 mA/soat bo‘lishi kutilmoqda.

samsung_galaxy_a5_2017_onleaks_12

Model haqida boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.