Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kamera borasidagi sezilarli o‘zgarishlar

Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kamera borasidagi sezilarli o‘zgarishlar

Bo‘limlar:
1. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kirish

2. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Dizayn

3. Laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi, audio sifati

4. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Qadoqdan Android 10 va One UI 2

5. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kamera borasidagi sezilarli o‘zgarishlar

Galaxy A51'ga anchayin o‘ziga xos kamera moduli o‘rnatilgan.

Asosiy kamera sifatidagi 48 megapiksellik Quad Bayer linzasi hozirda mavjud o‘rta toifadagi modellarning 10 tadan 9 tasiga qo‘yilmoqda. Bunga qo‘shimcha, 12MP ultra keng burchakli kamera o‘rnatilgan. Samsung, shu paytgacha flagman bo‘lmagan har qaysi modelga ultra keng linza sifatida 8 megapiksellik datchikdan foydalanayotgan edi. Demak, qahramonimizdan boshlab bunga chek qo‘yildi.

Boshqa kompaniyalar yaqindagi ob’yektlar tasvuri uchun 2MP makro kameradan foydapanayotgan bir paytda A51'ga 5MP sensor qo‘yilishi o‘ziga xos jihatdir. Ushbu linza bozordagi aksariyat makro kameralarga nisbatan anchayin uzun ham bo‘lib, fokus uzunligi 25 millimetrga teng. Shu uchun ham telefonni tasvirga tushirayotgan sub’yektga yaqin olib shart emas.Bundan tashqari, orqa kamera modulida 5 megapiksellik yana bir kamera ham bo‘lib, bu foydalanuvchiga sathni o‘lchashga, kompaniyaga esa (ochig‘ini aytganda) smartfonni marketing qilishga xizmat qiladi.

Old tomonda o‘tsak, aylana tirqish ichida 32 megapiksel rezolyusiyali Quad Bayer selfi kamerasini ko‘ramiz.

Kamera ilovasi, One UI 2.0 bilan taqdim qilingan bir necha o‘zgarishlarni inobatga olmaganda, boshqa har qanday Samsung smartfonidagi kabi dizaynga ega.Funksiya jihatidan esa, oddiy kamera ilovasi bilan o‘xshash. Ekranni o‘ng yoki chapga surish bilan majud rejimlardan birini tanlash mumkin. Bundan tashqari, rejimlarning joylashish tartibini o‘zgartirish yoki ba’zi rejimlarni olib tashlash imkoni ham mavjud. Tepaga yoki pastga tomon svayp qilish bilan esa orqa va old kameralardan birini faollashtirish mumkin bo‘ladi.

Sozlamalar ikonkasi esa oynaning yuqori chap burchagida joylashgan bo‘lib, u yerdan kameralarni nazorat qilish mumkin bo‘ladi. Odatdagidek, video rezolyusiyasi, to‘r chiziqlari va geotgelarni mana shu sozlamalar qatoridan topish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Manzara optimazerini yoqib/o‘chirish va HDR'ni avtomatik/«ruchnoy» ishlashini belgilab qo‘yish mumkin.

Pro rejimiga to‘xtalsak. O‘rta toifa qurilmalaridan kutilganidek, Pro rejimi haqiqiy Pro emas. Faqatgina ISO (100-800 oralig‘ida), ekspozitsiya kompensatsiyasi (0.1EV bosqichda -2/+2EV) hamda oq balanslardan birini tanlay olasiz xolos. Tasvirga olish tezligi yoki «ruchnoy» avtofokus mavjud emas.

Tasvir sifati

Galaxy A51 bilan sifatli rasmlar hosil qilish mumkin, lekin qoyilmaqol deb bo‘lmaydi. Kameralarning dinamik diapozoni anchayin yaxshi va past yorug‘ikda ham yetarlicha darajada sifatli tasvirlar hosil qila oladi. Qahramonimiz bilan olingan rasmlar tiniq chiqsada, tekis chiziqlar, shu jumladan, daraxt shoxlari yoki maysalar unchalik ham tiniq chiqmaydi. Xiralik darajasi esa , umuman olganda, ancha past. Tasvirlar rangi va saturatsiya o‘rtasida muvozanat ham yaxshi saqlangan.Agar xohlasangiz, 48MP rejimi ham bor. Bu rejimning amaliy ahamiyati kam bo‘lib, faqatgina olinayotgan fayl hajmini kattaytiradi xolos — qurilmangizda ko‘proq MB egallanadi.Ultra-keng burchakli kamera esa A50'dagiga qaraganda bir qadar takomillashtirilgan va u bilan tasvir o‘tkirligi va detallarga boyligiga erishish mumkin. Dinamik diapozon ham sezilarli darajada yaxshilangan. Bu esa o‘rta toifa smartfon uchun yaxshigina ko‘rsatkichdir.Vaholanki, past yoritilgan maydonda olingan rasmlarni yuqori baholab bo‘lmaydi. Asosiy kamera rasmlarni xira oladi, ranglar esa biroz desaturatsiyalangan. Dinamik diapozon esa qoniqarli.Tungi rejim esa A41'ning past yorug‘ilkdagi muammolarini ma’lum darajada bartaraf etsada, bu rejim bilan 8MP hajmli rasmlar hosil qilinadi.

Portretlar

Galaxy A51 kamerasi bilan olingan portretlarni ijobiy baholash mumkin. Sub’yektni aniqlab, fondan ajratish ham yaxshi ishlaydi. Jonli fokus rejimida ham HDR mavjud. Insonlar emas, predmetlar portrerini hosil qilayotganingizda ham Jonli fokus ishlashini yaxshi deb aytish mumkin.

Makro kamera

Galaxy A51'ning maxsus makro kamerasi boshqa smartfonlarga nomigagina qo‘yilgan linzalardan ko‘ra samaraliroq ishlaydi. Ushbu modul bilan detallarga boy tasvirlar yaratish mumkin. Ammo, bu kameraning fokusi o‘zgarmas toifa bo‘lgani sabab, tasvirga tushirayotganingizda qo‘lingiz ham, rasmga tushayotgan shaxs ham qimirlamasligi kerak. Aks holda, shuvalgan tasvir olinadi xolos.

Selfi kamera

Noma’lum sabablarga ko‘ra, A51 bilan olingan selfilar 12 megapiksel rezolyusiyaga ega. Odatda, Quad Bayer linzalari 4 ta pikselni birlashtirib, 1 ta piksel hosil qiladi, ya’ni rasm kattaligi mantiqan olib qaraganda 8MP bo‘lishi kerak. A60 va A70'larda ham xuddi shunday edi. Bizningcha, 32MP rasmni binning yo‘li bilan 8MPga aylantiradi va keyin yana 12MPga ko‘taradi; bundan maqsad faqatgina sonlarni kattalashtirish bo‘lishi mumkin — marketing hiylasi. 32 megapiksel rejimi ham bor, lekin rejim yonganda HDR'dan foydalanib bo‘lmaydi.

Rasmlar sifatini esa ijobiy baholay mumkin: ranglar yorqin, dianmik diapozon esa keng. Selfi kamerada olingan rasm uchun detallar ham anchagina yaxshi.

Video

Galaxy A51 4K@30 gacha videolar yoza oladi. Qizig‘i, smartfon bilan 1080p@60fps video olib bo‘lmaydi.

2160p videolar 48Mbit/soniya, 1080p lar esa 17 Mbit/sekund tezlikda yoziladi. Audio esa 256 kbit/soniyada yoziladi.

Gadjetning video sifati o‘rta toifa smartfonlariga xos. Asosiy kamerada olingan videolarda ranglar va kontrast uyg‘unligi ko‘zga tashlandi. Videoda dinamik diapazon ham ancha sifatli.

Zum qilinganda esa 4K o‘lchamli videoning sifati anchayin yomonlashadi. Bunday paytda 1080p (Full HD) video turi ancha sifatli va tiniqroq chiqadi.

Ultra-keng burchakli kamerada olingan videolarni asosiy kamerada olingan videolar bilan taqqoslasak, keng burchakli kamerada olingan videodagi ranglar yuvilib ketgan, shuningdek, video kontrasti ham biroz pastroq ekanini sezamiz. Biroq bular video sifatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda esa, kamera yaxshi dinamik diapazonga ega va ajoyib tasvirlarni olishga qodir.

4K video turida stabilizatsiya mavjud emas, biroq A51'ning ikki orqa kamerasining 1080p video turida stabilizatsiya mavjud. Ultra-keng burchakli kamerada yurib olingan videolar barqaror va silkinishlar uncha ko‘zga tashlanmaydi. Asosiy kamera haqida gapiradigan bo‘lsak, yurayotgan vaqtda kamera fokusni jamlashga harakat qiladi. Lekin bu g‘alati effektlar yaratib video stabilizatsiyasini yomonlashishiga sabab bo‘ladi.

«Super Steady» funksiyasi biroz hafsalani pir qiladi, chunki u 30 kadrdan farqli o‘laroq, 25,5 kadr tezlikda videoga oladi va ultra-keng burchakli kameradan olingan oddiy stabillashtirilgan videolarga qaraganda unchalik barqaror emas.

Bu yerda Samsung Galaxy A51 va uning raqobatchilari videoda taqqoslangan.

Bu yerda esa selfi kamerada 4K videoga olish qobiliyatini ko‘rsatuvchi qisqa video berilgan.

O‘QING: Qiyos: Galaxy A51 vs Galaxy A50

Xulosa

8балл

Умумий баҳо

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!