Samsung Galaxy A7 (2017): flagmanlargacha bir qadam

Samsung Galaxy A7 (2017): flagmanlargacha bir qadam

Texnik jihatlari:

Operatsion tizim: Android 6.0.1, Android 7'ga yangilash mumkin;

Ekran: 5.7 dyuym, SuperAMOLED, FullHD, 386 ppi, yorug‘likni avtomatik sozlash, Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasi, AlwaysOn faol displeyi;

Chipset: Exynos 7880, 8 yadro, 1.9 GGs (Cortex A53), Mali-T830MP3 grafik-tasvir protsessori;

Xotira: 3 GB operativ xotira, 32 GB doimiy xotira (23 GB foydalanuvchi uchun);

Akkumulyator: Li-Ion 3600 mA soat, tezkor quvvatlash;

Old kamera: 16 megapikselli (f/1.9), yuz tasviri (ko‘z, teri rangi, yuz tusi)ni yaxshilaydigan funksiya;

Bosh kamera: 16 megapikselli (f/1.9), svetodiodli fotochaqnoq, avtofokus.

Boshqa jihatlar:

FM-radio;

barmoq skaneri;

NFC, USB 2.0, Bluetooth 4.2;

Datchiklar - akselerometr, barometr, giroskop, geomagnit datchik, Xoll datchigi va boshqalar ...

Tanishuv

2017 yilda Samsung kompaniyasi 2016 yilda Galaxy «A» turkumining muvaffaqiyatli sotilgan Galaxy A7 smartfonini takomillashtirgan holda bozorga chiqarishga qaror qildi. Bu kompaniyaning korpusi yaxlit metalldan tayyorlangan va 3D-shisha bilan zeb berilgan, shuningdek zamonaviy texnologik hashamdorlikka burkangan ilk o‘rta narxli smartfoni edi.

5,7 dyuymli FHD, matritsasi sAMOLED bo‘lgan Samsung Galaxy A7 (2017) qulay va shakldor dizayni bilan har kimni maftun qiladi.

Kompaniya unga flagmanlarga xos ko‘rinish va jihatlarni tatbiq qilgan. Samsung 2017 yilda yangilagan «A» turkumi smartfonlari o‘z foydalanuvchilarini to‘liq mamnun qilishga erishgan. Quyida ushbu smartfonning o‘ziga xosliklari bilan tanishamiz. 

Dizayn va materiallari

2016 yilda taqdim qilingan A7 kabi, yangi smartfon ham Samsung flagmanlaridan nusxa olgan. Bu gal uning shakli birmuncha Galaxy S7 modeliga yaqin. Korpus formasi, old panel shishasining yon tomonga bukik shaklga egaligi, suhbat dinamigining shakli va navigatsiya klavishlari Galaxy A7 (2017)ga serhasham ko‘rinish bergan.

Biroq, Galaxy A7 (2017)ga o‘ziga xos ko‘rinish berish maqsadida, kompaniya kamera blokini sezilarli darajada ixchamlashtirgan. Shu bois, smartfon orqa panelining dizaynida o‘zgarish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Umuman olganda, smartfon dizayni Samsung ijodkorligiga xos.

Galaxy A7 (2017) romi alyuminiydan tayyorlangan. Bu esa korpusning pishiqligiga xizmat qiladi. Old va orqa panellar zich va yig‘ish bilan bog‘liq biror kamchilik ko‘zga tashlanmaydi.

Galaxy A7 (2017) korpusining o‘lchamlari: 156,8x77,6x7,9 mm, vazni -- 186 gramm. 5,7 dyuymli smartfon uchun bu o‘lcham ayni muddao. 

Suv hamda changdan qo‘rqmaydigan korpus

«A» turkumi modellari flagmanlardan tashqari chang va suvdan himoyalangan korpuslarga ega bo‘lgan ilk o‘rta narxli smartfonlar bo‘lishdi. IP68 himoyalanganlik standartiga ega Galaxy A7 (2017)ni kran ostida bemalol cho‘miltirish mumkin. Shuningdek, u 1,5 metrgacha suv tubida 30 minut jon saqlay oladi.

Smartfon korpusi germetik bo‘lgani uchun changni yuqtirmaydi. Tezkor quvvat olish va ma’lumotlarni almashishga xizmat qiladigan USB Type-C datchigiga kir to‘planganda uni yuvib tashlash va qurigandan so‘ng kabelga ulash tavsiya qilinadi.

Displey

Galaxy A7 (2017) – «A» turkumining yirik modeli. Sababi, bu smartfon oiladoshlari orasida eng yirik displeyga ega bo‘lgan. Uning diagonali 5,7 dyuymni tashkil qiladi. Shu bilan birga, piksellar sig‘imi ham yomon emas -- 1920x1080 belgiga teng, ya’ni Full  HD.

Samsung an’anaga ko‘ra, bu smartfonda ham Super AMOLED matritsadan foydalangan. Aksariyat foydalanuvchilarning fikricha, Galaxy A7 (2017) ekranining tasvir uzatishiga gap bo‘lishi mumkin emas.

Ekran sozlamalari rejimlarga boy. Misol uchun, «moslashtirilgan ekran» va «Kino AMOLED» rejimlarida ranglarning to‘yinganlik darajasini belgilash mumkin, «Bosh rejim» va «Foto AMOLED» rejimlarida uzatiluvchi tasvirlar nisbatan tabiiy rangda.

Galaxy A7 (2017) ekrani ko‘k tus ta’sirini pasaytiruvchi filtrga ham ega bo‘lgan.

Shu bilan birga, smartfon Samsung'ning flagman smartfonlariga xos yana bir jihat bilan ta’minlangan – muntazam faol ekran. Super AMOLED displeyda har bir piksel mustaqil nur uzatadi. Natijada, smartfon vaqt, ogohlantirishlar va sanani muntazam faol ekran orqali namoyish qiladi. Bu o‘z navbatida quvvatning tejalishiga ham xizmat qiladi.

Platforma va samaradorlik 

O‘rta narxli smartfonlar ko‘rinishi bilan flagmanlarga o‘xshasa ham, ularning platformasi ilg‘or gadjetlarnikidan tubdan farq qiladi. Galaxy A7 (2017) ham bundan mustasno emas. S7'ning dizaynini olgani bilan, Galaxy A7 (2017) uning tekorligiga ega bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa ham, bu uning tezkor va barqaror ishlashiga to‘sqinlik qila olmaydi.

Galaxy A7 (2017)da 14 nanometrli, 8 yadroli Exynos 7880 protsessori o‘rnatilgan. Uning chastota tezligi 1,9 GGs, shuningdek grafik-tasvirni qayta ishlash Mali T830MP3 video-kartasi zimmasiga yuklanadi.

Smartfon 3 GB operativ hamda 32 GB doimiy xotiraga, xotirani kengaytirish mumkin bo‘lgan microSD bo‘lmachasiga ega bo‘lgan. 2 ta SIM-karta va 1 ta xotira kartasi uchun alohida bo‘lmachalar mavjud.

Galaxy A7 (2017) platformasining samaradorligi ilovalar va boshqa vazifalar uchun yetarli. Biroq, "og‘ir", ya’ni grafikaga boy o‘yinlarni o‘ynaganda, undagi protsessorning maksimal imkoniyati sezlibi qoladi.

Galaxy A7 (2017) qadoqdayoq Android 6.0.1'ning yangi Grace UX talqiniga ega bo‘ladi. 

Kamera

Smartfondagi bosh kamera 16 megapikselli bo‘lib, uning yorug‘lik o‘tkazuvchi linzasi f/1.9 hajmli, fokuslash oralig‘i 27 mm. Bosh kamera avtofokus va fotochaqnoqqa ega. 2016 yilgi A7 bilan taqqoslaganda, bu kameraning megapiksellari soni oshgan, biroq optik barqarorlashtirish funksiyasi yo‘qolib qolgan.

Kunduzgi sharoitda bosh kameraning suratga olish qobiliyatiga gap yo‘q. Bosh kameraning suratni saqlash tezkorligi bir oz past. 

Tungi sharoitda f/1.9 diafragmasi Galaxy A7 (2017)ga ko‘proq yorug‘likni qamrab olish imkonini beradi. Bu vaziyatda megapikselning yuqori bo‘lishi ahamiyatga ega emas. Shu tarzda, kamera yorug‘lik past sharoitda ham ko‘proq detal to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Shu bilan birga, optik barqarorlashtirish funksiyasining yo‘qligi bois, qorong‘u sharoitda ba’zi sratlar xiraroq aks etishi mumkin.

Umuman olganda, Galaxy A7 (2017) kamera 2 yil avvalgi Galaxy S6 kamerasi bilan bir xil.

Smartfon old kamerasi ham diqqatga sazovor. Unda ham 16 megapikselli, f/1.9 diafragma modulidan foydalanilgan. Shu bois, smartfonda olingan selfilar sifati yuqori va ko‘ngildagidek. 

Multimedia

Galaxy A7 (2017) tashqi dinamigi korpusning o‘ng biqinidan o‘rin olgan. Bu uni kaftga qo‘yib bemalol multimedia mahsulotlarini ko‘rish va tinglash imkonini beradi. Bu karnayga changga qarshi membrana o‘rnatilgani bosi ovozning yangrashi bir oz past. 

3,5 mm naushnik tuynugi korpusning quyi qismida joylashgan. Fimaning Adapt Sound texnologisi ovozni o‘z didingizga ko‘ra sozlash imkonini beradi. 

Barmoq izlari skaneri

Samsung smartfonlariga xos an’anaga ko‘ra, Galaxy A7 (2017) displeyi ostidagi mexanik «Home» tugmasiga barmoq izlari skaneri joylashtirilgan. Skanerning ishlashi tezkor va Galaxy S7 flagmanidagi sensor bilan bir xil.

Quvvatdorlik 

Galaxy A7 (2017) smartfonida elektr toki sig‘imi 3600 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan foydalanilgan. Shuningdek, protsessor ham quvvatni tejaydi. Natijada, smartfon quvvatdorlikda ilg‘or.

200 kd/m2 darajali yorqinlikda smartfon 9,5 soat muntazam ishlay oladi. O‘rtacha foydalanganda bu quvvat unga 2 kunga yetadi.

USB Type-C porti orqali martfonni tezkor quvvatlash mumkin. 

Xulosa 

Samsung Galaxy A7 (2017) – bu flagman bo‘lishiga bir qadam qolgan smartfon. U foydalanuvchi uchun zarur barcha imkoniyatlarga ega. Shuningdek, yorqin dizayn, flagmanlarga xos chang va suvdan himoyalangan korpus, kuchli kameralar, qulay interfeys, 2 ta SIM-karta va xotira kartasi uchun alohida  bo‘lmachalar, shuningdek tezkor quvvat olish texnologiyasi Samsung Galaxy A7 (2017) smartfoni foydalanuvchisini xursand qiladi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 3.2 млн сўм Sotib olish
"Малика" 2.9 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi