Samsung Galaxy C9 keyingi oyda namoyish etilishi mumkin

Samsung Galaxy C9 keyingi oyda namoyish etilishi mumkin

Xitoyning Weibo resursida Samsung Galaxy C9 smartfoni haqida ma’lumotlar tarqaldi. Mazkur smartfon oktyabr oyida, yoki uzog‘i bilan shu yilning noyabr oyida rasman taqdim etilishi kutilmoqda.

Qurilmaga 5,7 yoki 6,0 dyuymli Full HD (1920 x 1080 piksel) aniqligidagi ekran o‘rnatilishi mumkin.

Bundan bir necha oy avval Janubiy Koreyalik gigant nisbatan arzon narxga ega bo‘lgan zamonaviy dizaynli Galaxy C5 va Galaxy C7 smartfonlarini sotuvga chiqargan edi. Galaxy C9 ham to‘liq metall korpusli, unchalik qimmat bo‘lmagan smartfon bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Biroq u yirikroq displeyga ega bo‘lishiga shubha yo‘q.

Hozircha Samsung Galaxy C5 va Galaxy C7 modellari faqat Xitoy hududida sotilmoqda. Ehtimol, Samsung Galaxy C9 ham faqat Xitoy bozori uchun chiqarilishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!