Samsung Galaxy C9 Pro: kamerada olingan ilk suratlar

Samsung Galaxy C9 Pro: kamerada olingan ilk suratlar

2017 yilning yanvarida namoyish qilingan Galaxy C9 Pro fableti yaqinda sotuvga chiqarildi. Foydalanuvchilar qo‘liga yetib borgan Samsung smartfoni metall korpus, 6 dyuymli full HD Super AMOLED ekran, 64 bit va 8 yadroli Snapdragon 653 protsessor, 6 gigabaytli tezkor va kengaytirish mumkin bo‘lgan 64 GB doimiy xotira, HiFi texnologiyasiga ega audio tizim, 4,000 mA soatli batareya bilan ulkan ekranli planshetofonlar orasida ajralib turadi.

Ishlab chiqaruvchining fikricha, xalqaro bozorda 575 AQSh dollaridan sotilayotgan Samsung Galaxy C9 Pro surat olishda ham eng zo‘r flagmanlarni dog‘da qoldiradi. Uning ham oldida, ham orqasida apertura linzasi f/1.9 bo‘lgan 16 megapikselli kamera modullari bor. Ya’ni, ham selfi, ham videolar olishda fablet yuqori imkoniyatlarga ega.

Samsung Galaxy C9 Pro’da olingan quyidagi suratlarga baho bering.

Guvohi bo‘lganimizdek, Samsung Galaxy C9 Pro chindan ham, ranglarga to‘yingan, tabiiylik muhrlangan sifatli suratlarni muhrlash ko‘nikmasiga ega. Yorug‘lik past sharoitda ham, smartfondagi kengligi f/1.9 bo‘lgan apertura linzasi yorug‘likni oson jamlaydi va unga boshqa kamerafonlarga qaraganda sifatli surat olishiga yordam beradi. Suratlar aniq-tiniq hamda detallarga boy.

Galaxy C9 Pro avtofokusi bir oz sustroq bo‘lgani bois, surat olayotganda imkon qadar qo‘lni barqaror tutib, qimirlatmaslikka harakat qiling.

Yana bir ahamiyatli jihati — Galaxy C9 Pro aslida surat olishga emas, film tomosha qilish va o‘yin o‘ynashga mo‘ljallangan fablet.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!