Samsung Galaxy’da “Preduprejdeniye: sboy kameri" xatosini to‘g‘rilaymiz

  •   Saroy
  •  965
  •  16.05.2018 13:52

Samsung Galaxy’da “Preduprejdeniye: sboy kameri

Samsung smartfonlaridan foydalanuvchilarning aksariyati eng ko‘p tarqalgan muammolardan biri – “Preduprejdeniye: sboy kameri” xatosiga duch kelishadi. Qayta yoqish ham yordam bermagandan keyin, Samsung Galaxy foydalanuvchilari boshqa, yanada samaraliroq chorani qidiradi. Quyida, smartfon kamerasi faoliyatini tiklashning bir nechta usullari haqida hikoya qilinadi.

1–usul: Kamera ilovasini ma’lumotlardan tozalang. Apparatni zavod parametrlari holatiga keltirishingiz mumkin, lekin faqat bitta ilovani o‘chirib tashlash anchayin oson va tez kechadi.

Smartfon yoki planshetingiz sozlagichini oching. “Prilojeniya” bo‘limiga o‘ting, u yerda o‘rnatilgan dasturlar va o‘yinlar joylashgan, so‘ngra  “Vse” to‘plamiga o‘ting.  Ro‘yxatdan “Kamera” ilovasini toping va “Pamyat” menyuostidagi “Ochistit dannie” tugmasini bosing. Shundan keyin apparatni qayta yoqish kerak va xato bartaraf etildimi tekshirish kerak.

O‘QING: Samsung kompaniyasi Note 8 olgan ilk suratlarni e’lon qildi

2–usul: Keshni rekaveri orqali  tozalash.

Agar  birinchi usul yordam bermagan bo‘lsa, ushbu usulni qo‘llab ko‘ring. Bu usul kesh bo‘limini barcha o‘rnatilgan  ilovalardagi xotirani tozalashni talab etadi. Telefonni o‘chiring, keyin bir vaqtning o‘zida “Gromkost vverx”, “Pitaniye” va “Domoy” tugmalarini bosing. Ekranda qurilmangiz nomi tushgan yozuvning paydo bo‘lishini kuting va paydo bo‘lgandan keyingina tugmalarni qo‘yib yuboring. Ovoz chiqargichni boshqarish klavishidan foydalanib, “Wipe cache partition” satrini ajratib oling, keyin o‘chirish tugmasini bosing. Bir necha soniyadan keyin “reboot system now” punktini tanlab,  telefoningizni qayta yoqsangiz bo‘ladi.

3–usul: Xavfsiz rejim imkoniyatlaridan foydalanamiz.

Har bir Android-gadjet xavfsiz rejimga ega, u telefonni diagnostika qila oladi. Apparat cheklangan ilovalar to‘plami bilan yuklanadi va agar muammoni qandaydir g‘alati ko‘ringan dastur keltirib chiqarayotgan bo‘lsa, mazkur rejimda  “Preduprejdeniye: sboy kameri" muammosi g‘oyib bo‘lishi kerak. Buning barchasi oddiy.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 7 fabletini taqdim etdi

Qurilmani yoqing. O‘chirish tugmasini bosing va ekranda  “Samsung” logotipi paydo bo‘lgandan keyin,  “Gromkost vniz”   tugmasini apparatingiz to‘liq qo‘shilguncha bosib ushlab turing. Agar barcha harakatni to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, u holda chap tomondagi pastki burchakda “Bezopasniy rejim” yozuvi paydo bo‘ladi.  Kamerani qo‘shing va qarangchi u ishlayaptimi. Agar ishlayotgan bo‘lsa, muammo qaysidir ilovada bo‘ladi, masalan,  “Fonarik”. Ko‘p hollarda bunday usullarni kamera imkoniyatlaridan foydalaniladi va u har doim band bo‘ladi. Natijada u yoqilmaydi. So‘ngra aybdorni topish uchun ilovalarni bitta-bittalab o‘chirishingizga to‘g‘ri keladi.

4–usul: Apparatni boshlang‘ich holatga keltirish.

Yuqoridagi usullar yordam bermadimi va “Sboy kameri” ogohlantirishi g‘oyib bo‘lmadimi, unda qurilmangizni zavod holatiga keltiring. Shuni bilingki, xotiradagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketadi, shu bois ma’lumotlarni saqlab qo‘yish kerak, masalan kompyuterda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.