Samsung Galaxy F23 smartfoni chiqmoqda

Samsung Galaxy F23 smartfoni chiqmoqda

Galaxy F23 smartfoni haqidagi ilk ma’lumotlar o‘tgan oyda paydo bo‘lgan edi. Bugun smartfon qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi. Flipkart onlayn do‘koni smartfonning rasmiy sahifasini namoyish etdi. Unda smartfon Snapdragon 750 chipiga ega bo‘lishi va kelasi haftada taqdim etilishi haqida ma’lumot beradilgan. 

Demak, qurilma haqida batafsil ma’lumotlar 8-mart sanasida ma’lum bo‘ladi. Hozircha smartfoning orqa panelida uchta kamera bo‘lishi hamda old paneldan tomchisimon selfi kamera o‘rin olishi ma’lum. 

Qurilmaga, shuningdek, 120Hz chastotada ishlovchi FullHD+ rezolyusiyadagi displey o‘rnatiladi. Ta’kidlash kerakki, bu F-seriyadagi 120Hz chastotali displeyga ega bo‘lgan ilk smartfon bo‘ladi. 

Flipkart taqdim etgan suratdan smartfonda 3.5 mm audio jek borligini ko‘rishimiz mumkin. Avvalgi Galaxy F22 modeli 170 dollar narxda sotuvga chiqqanligini hisobga olsak, yangi model ham shu narx atrofida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Samsung Galaxy A13 4G'ning texnik jihatlari va narxlari ma’lum bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.