Samsung Galaxy Grand Prime+ Mediatek protsessorida ishlaydigan ilk Samsung cmartfoni bo‘lishi mumkin

Samsung Galaxy Grand Prime+ Mediatek protsessorida ishlaydigan ilk Samsung cmartfoni bo‘lishi mumkin

O‘tgan oyda Janubiy Koreyaning Samsung Electronics va Xitoyning Mediatek kompaniyalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishishdi. Kelishuv natijasiga ko‘ra Xitoyning Mediatek firmasi koreyalik gigantga protsessorlar yetkazib berishi tasdiqlangan.

Yaqinda turli benchmarklarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avloddagi Galaxy Grand Prime+ modeli Samsung’ning Mediatek protsessorida ishlaydigan ilk smartfoni bo‘lishi kutilmoqda. Antutu’da mazkur smartfon haqida berilgan tafsilotlarda Mali-T720 rusumidagi grafik adapter o‘rnatilgan MediaTek MT6737T protsessori ko‘rsatilgan.

Antutu’da keltirilgan axborotda Galaxy Grand Prime+ telefoni 5,5 dyuymli aniqligi 960 x 540 piksel bo‘lgan ekran, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘lishi yozilgan. Shuningdek, smartfonga 8 MPli asosiy va 5 Mpli old kamera modullari o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan 3 hafta oldin Geekbench benchmarkida ham mazkur smartfonga qarashli ayrim tafsilotlar ma’lum qilingan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!