Samsung Galaxy J2 Core smartfonini yangi tasvirda ko‘ring

  •   Saroy
  •  3604
  •  23.08.2018 12:02

Samsung Galaxy J2 Core smartfonini  yangi tasvirda ko‘ring

Samsung kompaniyasi arzon Galaxy J2 Core samartfonining anonsiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U  Android Go’da ishlaydi. Tarmoqlarda esa qurilmaning ayrim tavsiflari va renderi paydo bo‘ldi. Hozircha  SamMobile resursi  smartfonning yangi tasvirini e’lon qildi.

Fotografiyada devaysning orqa qismini ko‘rish mumkin. Unda asosiy kamera, chaqnog‘i, dinamik va Samsung logotipi joylashgan. Bundan tashqari, renderda smartfonning besh rangli varianti namoyish etilgan. Bular, qora, tilla, ko‘k, moviy va pushti ranglar.

O‘QING:Galaxy Note 9 sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatdi!

Ayrim gap-so‘zlarga qaraganda, Galaxy J2 Core smartfoni  5-dyuymli Super AMOLED displeyi bilan ta’minlanadi, u to‘rtyadroli Exynos 7570 chipiga ega. Shuningdek, 1 GB tezkor va  16 GB ichki xotirasi bor. Devays  8-megapikselli asosiy kamera,  5-megapikselli old kamera hamda 2600 mAch sig‘imidagi batareya bilan jihozlangan. Anons qilinadigan sana hozircha aytilmayapti, lekin ushbu voqea tez orada yuz beradi, deya ta’kidlanadi mazkur xabarda.

O‘QING:Ilk bor! O‘zbekistonda Samsung Note 9 smartfonlari qimmatbaho sovg‘alari bilan sotuvga qo‘yildi - Olcha.uz'da birinchilardan bo‘lib buyurtma bering!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!