Samsung Galaxy J3 (2017) surati e’lon qilindi

Samsung Galaxy J3 (2017) surati e’lon qilindi

Taniqli insayder Evan Blassning Tvitterdagi sahifasida  hali anonsi o‘tkazilmagan Samsung Galaxy J3 (2017) modelining tasviri e’lon qilindi. Blassning blogida yozilishicha, mazkur smartfon SM-J327 model kodiga ega bo‘ladi. Shuningdek, blogda keltirilgan axborotga ko‘ra, SM-J3119 model kodi Galaxy J3 Pro qurilmasiga tegishli.

488841

Avvalroq mazkur modelning Xitoy telekommunikatsiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida (TENAA) paydo bo‘lganligi haqida saytimizda yozgan edik. Hozirgacha mavjud ma’lumotlarga qaraganda, Samsung Galaxy J3 (2017) Snapdragon 430 protsessorida ishlaydi, 1,5 yoki 2 GB operativ xotiraga ega bo‘lishi mumkin. Model Android operatsion tizimining 6.0.1 Marshmallow versiyada faoliyat ko‘rsatadi.

Hozircha yangi smartfonning taqdimot sanasi ma’lum emas.

Samsung Galaxy J3 (2016) smartfoni to‘g‘risidagi batafsil tavsif bilan tanishish bu yerga bosing.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!