Samsung Galaxy J5 Android 6.0 Marshmallow versiyasiga yangilanishni boshladi

Samsung Galaxy J5 Android 6.0 Marshmallow versiyasiga yangilanishni boshladi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi arzon narxi va kuchli texnik parametrlari bilan mijozlar orasida keng ommalashgan Galaxy J5 modelini Android 6.0 Marshmallow versiyasiga yangilashni boshladi.

Bundan  bir necha oy oldin mazkur modelning Hindiston bozori uchun chiqarilgan versiyasi Android 6.0 Marshmallow’ga yangilangan edi. Kuni kecha Samsung Yevropa mamlakatlariga mo‘ljallangan Galaxy J5 uchun Android 6.0 Marshmallow dasturini chiqardi. Bu esa Rossiya va MDH mamlakatlarida sotilgan mazkur modeldagi smartfonlar tez orada Android 6.0 versiyasiga yangilanishidan darak beradi.

Yangi Android 6.0 Marshmallow versiyasida dasturdagi ilovalar ruxsatini boshqarish, kontekst bo‘yicha ekranda ma’lumot qidirish kabi imkoniyatlar mavjud. Interfeys menyusi ham boshqacha dizaynga ega. Bundan tashqari, mazkur versiyaga yangilangan Galaxy J5 smartfonlarida maxsus Doze rejimi tufayli batareya sarfi sezilarli kamaytiriladi. Bu esa qurilmadan odatdagi ko‘ra uzoqroq  muddat foydalanishga imkoniyat beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!