Samsung Galaxy M22'ning texnik jihatlari va renderlari sizdirildi

Samsung Galaxy M22'ning texnik jihatlari va renderlari sizdirildi

Yangi taqdim qilinajak Samsung Galaxy M22 (SM-M225FV) smartfoni haqida ko‘plab ma’lumotlar aylanib yuribdi. Endi esa DealNTech nashri mazkur byudjet qurilmaning bir necha renderlari va boshlang‘ich texnik jihatlarini e’lon qildi.

O‘QING: Byudjet sinfiga kiruvchi Galaxy smartfoni Android 11 operatsion tizimiga o‘tmoqda

Galaxy M22'ning dizayni Galaxy A22 va Galaxy F22'ni yodga soladi, lekin orqa panel bo‘rtma chiziqlarga ega. Smartfon qora, ko‘k va oq ranglarda mavjud bo‘ladi.

Texnik jihatlariga kelsak esa, 6,4 dyuymli HD+ Super AMOLED ekran, 90Hz yangilanish chastotasi va tomchi kamera tirqishini kutish mumkin.

Orqa panelda to‘rtta kamera joylangan bo‘lib, ularning asosiysi 48MP rezolyusiyaga ega. Qolgan kameralar esa 8MP ultrakeng, 2MP makro va 2MP sath kameralaridir. Ilgari ham aytilganidek, qurilma MediaTek Helio G80 chipi va 4GB tezkor, 128GB kengaytirsa bo‘ladigan xotiraga ega bo‘ladi.

Akkumulyator sig‘imi esa 5,000 mAs bo‘lishi va smartfon 25 vattgacha tezlikda quvvat olishi kutilmoqda. Biroq qadoqdan 15 vattlik zaryadchik-adapter joy oladi. Yevropa bozorida Galaxy M22 240 yevrodan boshlab sotilishi aytilmoqda.

O‘QING: 200 dollarlik Samsung Galaxy F22 birinchi anboksing videoda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!