Samsung Galaxy M52 5G'ning texnik va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy M52 5G'ning texnik va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

O‘tgan yili Samsung A seriyasida uchta 52 modeldagi smartfonni taqdim etdi. Bundan tashqari, kompaniya M seriyasida ham 52 modelidagi qurilmani sotuvga chiqardi.

O‘QING: Galaxy A22'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy M52 5G - A52 modellariga qaraganda arzonroq, biroq qurilma 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi chip, 120Hz AMOLED displey va katta hajmdagi akkumulyatorga egaligi bilan ulardan qolishmaydi.

Smartfon Snapdragon 778G 5G chipi bilan jihozlangan (A52s ham xuddi shu chip bilan jihozlangan). Ushbu chip yaxshi unumdorlikka ega, shuningdek, u so‘nggi avlod tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy M52 5G smartfoni 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator hamda 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 6.7 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Taqqoslash uchun, A52 triosiga 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator hamda 6.5 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan.

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, qurilmaga 64MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 5MP makro kamera va 32MP selfi kamera o‘rnatilgan.

Afsuski, smartfonda stereo dinamik hamda IP standarti mavjud emas. A52 seriyasidagi smartfonlarda esa ushbu imkoniyatlat mavjud. Shuningdek, M52 5G modeli A52 modellaridan farqli o‘laroq, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri bilan jihozlangan.

Samsung Galaxy M52 5G'ning texnik jihatlari:

>Korpus: 164.2x76.4x7.4mm, 173g; old shisha Gorilla Glass 5, orqa penel plastik, plastik rom.

>Displey: 6.70 dyuymli Super AMOLED Plus, 120Hz, 1080x2400px rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 393ppi zichlik.

>Chipset: Qualcomm SM7325 Snapdragon 778G 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (4x2.4 GHz Kryo 670 & 4x1.8 GHz Kryo 670); Adreno 642L.

Xotira: 6/128GB, 8/128GB; microSDXC uyasi.

>OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1.

>Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 26mm, PDAF; Ultrakeng kamera: 12MP, f/2.2, 123˚; Makro kamera: 5MP, f/2.4.

>Selfi kamera: 32MP, f/2.2, (keng).

>Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek, [email protected] kadr/sek; selfi kamera: [email protected] kadr/sek.

>Akkumulyator: 5,000 mAh; Fast Charging 25W.

>Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC.

Qadoq tarkibi

Galaxy M52 5G oq qutida sotiladi. Qutida smartfon bilan birga 15 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli o‘rin olgan. Smartfon 25 vattda quvvat oladi, ammo qutidan 15 vattlik oddiy adapter o‘rin olgan. Demak, 25 vattlik quvvatlagichni qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish kerak bo‘ladi.

Foto: GSMArena

O‘QING: Galaxy A03s'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz