Samsung Galaxy M53'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Samsung Galaxy M53'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Samsung shu yilning boshida o‘rta toifaga kiruvchi M-seriyasi smartfonlarini yangiladi. Bugun biz Galaxy M53 modeli bilan tanishamiz. Xo‘sh ushbu smartfon o‘zining avvalgi avlodiga qaraganda qanday yutuqlarga erishgan? 

Kameradan boshlasak, asosiy kameraga katta va yuqori rezolyutsiyadagi sensor o‘rnatilgan bo‘lsa, ultrakeng va makro kameralar texnik jihatdan biroz pastlagan. 

Qurilma 5G'ni qo‘llab-quvvatlovchi Dimensity 900 chipi bilan jihozlangan. Biroq avvalgi avlodiga o‘rnatilgan Snapdragon 778 chipi nisbatan kuchliroq ijrochi edi. 

Smartfonga 120 gerts chastotada ishlovchi 6.7 dyuymli Super AMOLED Plus displeyi o‘rnatilgan. Akkumulyator hajmi esa M52 modelidagi kabi 5,000 mAs. Ikki yil avvalgi M51 modeliga esa 7,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan edi. M53'ning quvvlash tezligi 25 vattligicha qolgan.

Samsung Galaxy M53'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.7x77.0x7.4mm, 176g; old panel shisha, orqa panel plastik, plastik rom.

> Displey: 6.70 dyuymli Super AMOLED Plus, 120 gerts, 1080x2408 piksel rezolyutsiya, 20.07:9 forma faktori, 394ppi zichlik. 

> Chipset: MediaTek MT6877 Dimensity 900 (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.4 GHz Cortex-A78 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G68 MC4.

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; microSDXC uyasi.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4.1.

> Kamera: Asosiy kamera: 108 MP, f/1.8, PDAF; Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2, 1/4“, 1.12µm; Makro kamera: 2 MP, f/2.4; Sath kamera: 2 MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 32 MP, f/2.2, 26mm (keng).

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek, [email protected]/60 kadr/sek; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek, [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 25 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda).

Qadoq tarkibi 

Yana bir kamchilik qurilmaning qutisida. U juda ingichka bo‘lib, ichida quvvatlash adapteri yo‘qligi bilib turadi. Kompaniya xaridorlarni faqat USB-C kabeli bilan ta’minlaydi xolos.

Foto: GSMArena

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A53 5G