Samsung Galaxy Note 7’ni qaytarish uchun yong‘indan xavfsiz quti va qo‘lqop tarqatmoqda

Samsung Galaxy Note 7’ni qaytarish uchun yong‘indan xavfsiz quti va qo‘lqop tarqatmoqda

Kecha saytimizda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi shu yilning avgust oyida global taqdimoti o‘tkazilgan Galaxy Note 7 fabletlarining savdosini rasman butkul to‘xtatgani haqida xabar bergan edik.

Endilikda kompaniya butun dunyo bo‘ylab sotilgan ushbu markadagi smartfonlarni rasman qaytarib olishni boshladi. Samsung foydalanuvchilardan Galaxy Note 7’ni darhol o‘chirishni va xarid qilingan sotuv nuqtasiga qaytarishni so‘ramoqda. Shu maqsadda kompaniya hatto mazkur model foydalanuvchilariga maxsus xavfsiz to‘plamni ham tarqatmoqda. To‘plamga yong‘indan xavfsiz quti, antistatik paket, yo‘riqonoma va himoya qo‘lqoplari kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi 2 sentyabrda o‘tkazilgan matbuot anjumanida (taqdimotdan roppa-rosa bir oy o‘tib) Galaxy Note 7 batareyalarida nosozlik mavjudligini rasman tan olgan va shu oyning o‘rtalaridan ularni qaytarib olishni boshlagan. Biroq yangi partiyadagi modellarda ham yonib ketish muammosi bir necha marta takrorlangach, kompaniya ushbu smartfonni tayyorlashni vaqtinchalik to‘xtashini ma’lum qilgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!