Samsung Galaxy S seriyasiga Harman audio texnologiyasi qo‘llanilishi mumkin

Samsung Galaxy S seriyasiga Harman audio texnologiyasi qo‘llanilishi mumkin

Bundan bir necha kun oldin saytimizda xabar berganimizdek, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi AQShning audio/vizual mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqaradigan firmasini 8 milliard dollarga sotib oladi (har bir aksiyaning narxi 112 dollardan baholangan).

Kuni kecha IXBT nashrida yozilgan xabarga ko‘ra, Samsung Harman kompaniyasini to‘liq nazoratiga olgach, kelgusida unga qarashli audio texnologiyalarni Galaxy S seriyasidagi qurilmalariga tatbiq etishi mumkin ekan. Samsung shtab-kvartirasidagi manbaning qayd etishicha, bunday yangilik 2018 yilda chiqariladiga modellarda paydo bo‘ladi.

Hozircha Samsung Harman’ga qarashli boshqa brendlarning funksiyalaridan qay tarzda foydalanishi noma’lum. Biroq shu narsa aniqki, koreys firmasining gadjetlari kelajakda yuqori sifatli audio tizimiga ega bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!